Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya va Markaziy Osiyo davlatlari adliya vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
Yaponiyaning ommabop The Yomiuri Shimbun gazetasining bosma va elektron shaklida "2026 yilda Yaponiya va Markaziy Osiyo davlatlari adliya vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi" sarlavhali maqola e’lon qilindi.
Materialda ta’kidlanishicha, Yaponiya hukumati 2026 yilda ilk bor Yaponiya va Markaziy Osiyoning besh davlati O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston adliya vazirlari sammitini o‘tkazish rejasi haqida ma’lum qildi. "Bu tashabbus orqali Yaponiya qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilish kabi muhim qadriyatlarni mustahkamlash hamda mintaqada barqaror hamkorlik muhitini shakllantirishga intilmoqda", – deyilgan materialda.
"2025 yil aprel-may oylarida Yaponiya adliya vaziri Keysuke Suzuki O‘zbekiston va Qirg‘izistonga qilgan tashrifi natijasida kelgusida hamkorlikda besh mamlakat vazirlari bilan yangicha muloqot mexanizmlari joriy etish borasida kelishuvga erishgan edi", – deb xabar qilingan materialda.
Yaponiya gazetasi, shuningdek, AQShning Markaziy Osiyo bilan aloqalarni mustahkamlashga katta qiziqish bildirayotgani urg‘ulangan.
"AQSh ham Markaziy Osiyo bilan aloqalarni kuchaytirishga intilayotgan davlatlardan biri hisoblanadi. Sobiq AQSh prezidenti Jo Bayden 2023 yil 19 sentabr kuni Nyu-Yorkda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan "S5+1" formatida uchrashdi.
Ma’lum qilinganidek, Yaponiya sobiq bosh vaziri Fumio Kishida 2024 yil avgust oyida "Markaziy Osiyo+Yaponiya" sammitini o‘tkazishi va keyinchalik mamlakatda ehtimoliy megazilzila sodir bo‘lishi xavfi sabab sammit qoldirilgan edi.
Maqola xulosasida, "Yaponiya Markaziy Osiyo bilan qonun ustuvorligi, inson huquqlari, diplomatiya va sud-huquq sohalaridagi hamkorligini kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini jadallashtirmoqda. Bu Yaponiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish istagini ifodalaydi", – deb yozilgan.
Mavzuga oid
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
17:53 / 08.06.2026