Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy va Putin uchrashuvga «hozircha tayyor emas» - Erdo‘g‘an
Turkiya rahbari Putin bilan muzokaralar va Zelenskiy bilan telefon suhbati yakunlari bo‘yicha shunday xulosaga keldi.
Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan urush masalalarini muhokama qildi.
Ushbu muzokaralar yakunida Turkiya yetakchisi ular ikki tomonlama uchrashuvga «hali tayyor emasligini» aytdi, deb xabar berdi Milliyet.
Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, Xitoyda Putin bilan muzokaralar va Zelenskiy bilan telefon orqali suhbat chog‘ida Ukrainadagi urushni to‘xtatish yo‘llarini muhokama qilgan, biroq tomonlar yetakchilar uchrashuviga «hali tayyor emas».
Turkiya rahbari so‘nggi oylarda Istanbulda bo‘lib o‘tgan Rossiya va Ukraina rasmiylari o‘rtasidagi muzokaralar tinchlikka yo‘l ochiqligini ko‘rsatganini ta’kidladi. Turkiya tinchlikka bo‘lgan umidlarni aniq natijalarga aylantirish uchun «muzokaralar darajasini bosqichma-bosqich oshirish» tarafdori bo‘lib, har qanday tashabbus oxir-oqibat yetakchilar darajasida ko‘rib chiqilishi kerakligini qo‘shimcha qildi, garchi sharoitlar hali yaratilmagan bo‘lsa ham.
Mavzuga oid
23:10 / 29.01.2026
O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari muzokaralar natijalarini sarhisob qildi
22:34 / 29.01.2026
O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari Qo‘shma bayonot hamda hamkorlik mexanizmlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
20:57 / 29.01.2026
Mirziyoyev va Erdo‘g‘an raisligida Anqarada oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi
20:22 / 29.01.2026