Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
72 yoshli Putin va Si «150 yoshgacha yashash» va «umrboqiylik» istiqbollarini muhokama qildi
Yetakchilarning Pekindagi norasmiy suhbati jonli efirga tushib qoldi. Ular inson a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish orqali uzoq yashash imkoniyatlarini muhokama qilgan.
Foto: Reuters
Xitoy raisi Si Jinping va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pekinda Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad oldidan zamonaviy texnologiyalar yordamida umr ko‘rish davomiyligini uzaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi. Bloomberg nashrining ma’lum qilishicha, ularning nutqidan parchalar rasmiy translatsiyaga tushib qolgan.
Suhbat Si va Putin (bu vaqtda ularning yonida KXDR yetakchisi Kim Chen In ham bor edi) parad boshlanishidan oldin minbarga chiqayotganda bo‘lib o‘tgan.
Lavha boshida Si xitoy tilida «hozirgi kunda» va «70 yoshda» degan so‘zlarni aytgani eshitiladi. Keyin Putinning tarjimoni rus tilida shunday dedi: «Ilgari odamlar kamdan-kam hollarda 70 yoshgacha yashagan, bugun esa 70 yoshda ham seni bola ekaningni aytishadi».
Shundan so‘ng, Putinning so‘zlarini anglash mushkul, ammo xitoylik tarjimon bu so‘zlarni Si Jinpingga «Biotexnologiyalarning rivojlanishi tufayli inson a’zolarini doimiy ravishda ko‘chirib o‘tkazish mumkin va odamlar o‘zini tobora yosh his qilishi va hatto umrboqiylikka erishishi mumkin», deb yetkazgani eshitiladi.
Si bunga javoban «Bashoratlarga ko‘ra, bu asrda 150 yoshgacha yashash imkoniyati bor», dedi, shundan so‘ng translatsiya boshqa kameraga o‘tkazildi.
Putin va Si Jinping 72 yoshda. Putinning beshinchi prezidentlik muddati 2030 yilda tugaydi, ammo 2020 yilda Rossiya Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar tufayli u oltinchi prezidentlik muddatiga ega va 2036 yilgacha hokimiyatda qolishi mumkin. Si Jinpingning amaldagi uchinchi vakolat muddati 2028 yilda tugaydi. Ungacha Xitoy rahbarlaridan hech biri ikki muddatdan ortiq hokimiyat tepasida bo‘lmagan.
Mavzuga oid
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi
15:51 / 15.01.2026
Bloomberg: Trampning maxsus vakillari Putin bilan uchrashishi mumkin
09:50 / 15.01.2026
Tramp: Putin tinchlikni istayapti, kelishuvga Zelenskiy to‘sqinlik qilyapti
22:33 / 09.01.2026