Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Firibgarlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan shaxslar Turkiyadan deportatsiya qilindi
Ular Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida qo‘lga olingan. O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi keyingi vaqtlarda firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan murojaatlar ortganini bildirdi.
Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblangan 3 shaxs qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Ular qidiruvda bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olingan va O‘zbekistonga deportatsiya qilingan shaxslar 1982 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan Arabov G‘anijon Murodilloyevich, 1992 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan Boboyusupova Shoxista To‘qsanboy qizi hamda 1970 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan Muqimova Gulzoda Xushvaqtovna bo‘lgan.
Ushbu shaxslarning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan IIV yoki uning quyi tizimlariga, O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilish so‘ralgan. Shuningdek, keyingi vaqtlarda firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan Bosh konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortgani ma’lum qilingan. Bosh konsulxona fuqarolarni firibgarlarga aldanib qolmaslikka chaqirgan.
Oldinroq Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonlik Tailandda ushlanib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026