Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ko‘ngillilar koalitsiyasi» Ukraina uchun kafolatlarni muhokama qiladi
Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlaridan tashqari, 30 davlat vakillari Ukrainadagi urushni tugatish imkoniyatlarini muhokama qiladi. OAV xabariga ko‘ra, uchrashuvda Volodimir Zelenskiy ishtirok etadi.
4 sentabr, payshanba kuni Fransiyada «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» doirasida 30 ga yaqin davlat vakillari ishtirokida Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha keyingi harakatlar va Kiyev uchun urushdan keyingi xavfsizlik kafolatlariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, prezident Emmanuel Makronning e’lon qilingan bayonotida aytilishicha, «Rossiyaning tinchlik o‘rnatishdan qat’iy bosh tortishi oqibatlarini tahlil qilish» rejalashtirilmoqda.
Yelisey saroyining xabar berishicha, uchrashuv gibrid formatda o‘tkaziladi, ya’ni ba’zi ishtirokchilar Parijda jismonan hozir bo‘ladi, boshqalari esa ularga onlayn qo‘shiladi. Unga Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer raislik qiladi. AFP agentligi va "Suspilne" telekanaliga ko‘ra, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘sha kuni Yevropa yetakchilari bilan uchrashish uchun Parijga keladi.
Germaniya hukumati hozircha jurnalistlarga Germaniya kansleri Fridrix Mers rejalashtirilgan sammitda ishtirok etadimi yoki yo‘qmi, ishtirok etsa, qanday formatda qatnashishi haqida ma’lumot bera olmadi.
Mavzuga oid
14:17 / 11.06.2026
Makron: Zelenskiy G7 sammitida ishtirok etadi
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026