Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Zelenskiy bilan Moskvada uchrashishga tayyorligini aytdi
Shu bilan birga, u «bu uchrashuvlarda qandaydir ma’no bor-yo‘qligini» bilmasligini qo‘shimcha qildi va yana Zelenskiy prezidentligining qonuniyligini shubha ostiga oldi.
«Agar Zelenskiy tayyor bo‘lsa - Moskvaga kelsin», dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoyga tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida. Shu bilan birga, u «bu uchrashuvlarda qandaydir ma’no bor-yo‘qligini» bilmasligini qo‘shimcha qildi va yana Zelenskiy prezidentligining qonuniyligini shubha ostiga oldi.
Bunday uchrashuv g‘oyasini Putin avvalroq, Donald Tramp bilan suhbatda ham taklif qilgandi. Ammo Ukraina prezidenti «Faqat Moskvada emas», deb bu taklifni rad etdi.
Avvalroq Putin Zelenskiy bilan uchrashmasligini bir necha bor aytgandi, chunki u «noqonuniy prezident», sababi – Ukrainada qayta saylov bo‘lmagan. Biroq Ukraina qonunchiligiga ko‘ra, prezidentlik saylovi Ukrainada to‘rtinchi yil davom etayotgan harbiy holat tugaganidan 90 kun keyin o‘tkazilishi kerak.
Putin so‘zlaridan boshqa iqtiboslar:
«Rossiya hech qachon hudud evaziga Ukraina xavfsizligi kafolatlarini muhokama qilmagan. Ukraina o‘z xavfsizligini ta’minlash tizimini o‘zi tanlash huquqiga ega, ammo buni Rossiya hisobidan qilmasligi kerak».
«Rossiya hududlar uchun emas, balki odamlarning o‘z tilida gapirish va o‘z madaniyatida yashash huquqi uchun kurashmoqda. Rossiya tarkibida yashashga qaror qilgan xalqning fikrini hurmat qilish kerak, bu demokratiya degani».
«Ukraina hukumati har qanday hududiy masalalarni hal qilish uchun referendum o‘tkazishi kerak, ammo buning uchun harbiy holatni bekor qilish kerak».
«Agar sog‘lom fikr g‘alaba qozonsa, bu mojaroni to‘xtatishning maqbul varianti bo‘yicha kelishib olish mumkin, buning ustiga biz amaldagi AQSh ma’muriyatining kayfiyatini ko‘ryapmiz, bu yechimlarni topishga chaqiriqlarni ko‘ryapmiz, tunnel oxirida yorug‘likni ko‘ryapmiz. Aks holda, hammasini qurolli yo‘l bilan hal qilishga to‘g‘ri keladi».
Mavzuga oid
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026