Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport uchun 1300 gektar yer ajratiladi
Yerlar O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlaridan ajratiladi.
Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport uchun O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlaridan yer maydoni ajratiladi. Bu haqda Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, yangi xalqaro aeroport qurilishi uchun 1309,76 gektar yer maydoni ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Shundan:
- sug‘oriladigan yerlar 1075,45 gektar;
- bog‘lar 112,69 gektar;
- yaylov va pichanzorlar 0,65 gektar;
- boshqa yerlar 120,97 gektar.
O‘rta Chirchiq tumanidan jami 790,76 gektar:
- sug‘oriladigan yerlar 609,95 gektar;
- bog‘lar 112,63 gektar;
- yaylov va pichanzorlar 0,65 gektar;
- boshqa yerlar 67,53 gektar.
Quyi Chirchiq tumanidan jami 519 gektar:
- sug‘oriladigan yerlar - 465,5 gektar;
- bog‘lar - 0,06 gektar;
- boshqa yerlar - 53,44 gektar.
Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurilishi haqida 1 avgust kuni xabar berildi.
Mavzuga oid
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026
Katta Chimyon tog‘ida oyog‘i lat yegan fuqaro qutqarib qolindi
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
08:40 / 01.07.2026