Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh qurolli kuchlarini Rossiya va Xitoyni tiyib turish uchun tayyorlashni buyurdi
AQSh mudofaa vazirining ta’kidlashicha, Oq uyning avvalgi ma’muriyati layoqatsizligi Rossiya va Xitoyning o‘zaro yaqinlashishiga yordam bergan.
Foto: Reuters
Donald Tramp Pentagonga AQSh qurolli kuchlarini qayta qurish va zarurat tug‘ilganda Rossiya va Xitoyni tiyib turish uchun tayyorlashni topshirdi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
Hegset so‘zlariga ko‘ra, Oq uyning avvalgi ma’muriyati layoqatsizligi Rossiya va Xitoyning o‘zaro yaqinlashishiga yordam bergan.
«Shuning uchun ham prezident Tramp mudofaa vazirligiga tayyor turishni topshirdi, jumladan, harbiy ruhni tiklash va tiyib turishni qayta tiklash uchun qurolli kuchlarimizni tarixiy tarzda qayta qurishga», dedi Hegset.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu Qo‘shma Shtatlar kim bilandir ziddiyat izlagani uchun buyurilmadi, balki, mojarolarning oldini olishga qaratilgan.
«Namoyishlar va [harbiy] paradlar - bu normal holat, ammo ular harbiy mojarolarga aylanib ketmasligi kerak», dedi Hegset.
AQSh mudofaa vazirining aytishicha, Oq uyning hozirgi ma’muriyati «koinotda, osmonda, dengizda va suv ostida strategik ustunlikni» saqlab qolmoqchi. Shu bilan birga, Hegset «Oltin gumbaz» tizimini tilga oldi, uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hozircha uni qurolmaydi.
«Tramp Si bilan ajoyib munosabatlarga ega va bu hamkorlikda ishlash yo‘lini topishga yordam beradigan dastakdir. Aks holda biz doimo tayyor turamiz», deb xulosa qildi Hegset.
3 sentabr kuni Pekindagi Tyananmen maydonida Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Paradda 20 dan ortiq dunyo yetakchilari, jumladan Rossiya prezidenti Vladimir Putin va KXDR yetakchisi Kim Chen In ishtirok etdi.
Tramp ijtimoiy tarmoqda shunday deb yozdi: «AQShga qarshi fitna uyushtirayotgan Vladimir Putin va Kim Chen Inga eng iliq tilaklarimni yetkazing».
Putin Xitoyga to‘rt kunlik tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida «Tramp so‘zlari hazildan xoli emasligini» ta’kidladi.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
07:38