Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron: «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» Ukraina uchun kafolatlar tayyorladi
«Ko‘ngillilar koalitsiyasi»ga kiruvchi Yevropa davlatlari Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini tayyorlab qo‘ygan va ularni Moskva bilan tinchlik shartnomasi imzolangandan keyin berishga tayyor bo‘ladi. Bu haqda Fransiya prezidenti Makron aytib o‘tdi.
«Ko‘ngillilar koalitsiyasi» tarkibiga kiruvchi Yevropa davlatlari Ukraina uchun urushdan keyingi xavfsizlik kafolatlarini tayyorlab qo‘ygan hamda Kiyev va Moskva tinchlik bitimi imzolangandan keyin ularni berishga tayyor bo‘ladi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 3 sentabr, chorshanba kuni Parijda ukrainalik hamkasbi Volodimir Zelenskiyni qabul qilish chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi dpa.
Makronning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari Vashingtondagi Ukraina bo‘yicha avgust sammitidan so‘ng «ko‘ngillilar koalitsiyasi» harbiy rahbariyati tomonidan birgalikda tayyorlangan. «Mamlakatlarning bugun kunning ikkinchi yarmida mudofaa vazirlari darajasida qat’iy maxfiylikda tayyorlangan, hujjatlashtirilgan va ma’qullangan hissalari shuni aniq aytishga imkon beradi: bu ish yakunlandi va endi siyosiy jihatdan tasdiqlanadi», dedi Fransiya prezidenti.
4 sentabr kuni Parijda gibrid rejimda bo‘lib o‘tadigan «ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishida ushbu kafolatlar muhokama qilingandan so‘ng, «biz Ukraina va yevropaliklar uchun mustahkam, uzoq muddatli tinchlikka tayyormiz», deb aytish mumkin bo‘ladi», dedi Emmanuel Makron.
Mavzuga oid
14:17 / 11.06.2026
Makron: Zelenskiy G7 sammitida ishtirok etadi
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026