Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Nima bo‘lishini ko‘rasiz» - Tramp Ukrainadagi urush tufayli Rossiya uchun oqibatlar haqida gapirdi
Putin mening pozitsiyamni biladi va u yoki bu tarzda qaror qabul qiladi, dedi Oq uy rahbari.
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda hamkorlikni davom ettirmasa, uning ma’muriyati Moskvaga qarshi choralar ko‘rishi mumkinligini tan oldi.
Bu haqda u 3 sentabr kuni Oval kabinetda Polsha prezidenti Karol Navrotski bilan ikki tomonlama uchrashuvda jurnalistlarga ma’lum qildi. Uning nutqidan parchalar Oq uyning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy akkauntida e’lon qilindi.
«Putin mening pozitsiyamni biladi va u yoki bu tarzda qaror qabul qiladi, - dedi Tramp. - Uning qarori qanday bo‘lishidan qat’i nazar, biz yo rozi bo‘lamiz, yoki norozi bo‘lamiz, agar norozi bo‘lsak, nima bo‘lishini ko‘rasiz».
Shu bilan birga, Oq uy rahbari rossiyalik hamkasbiga aniq murojaati yo‘qligini tushuntirdi.
Muxbirlardan biri Trampdan o‘z lavozimiga kirishganidan buyon Rossiyaga nisbatan hech qanday chora ko‘rmagani haqida so‘radi.
«Siz Hindistonga qarshi ikkilamchi sanksiyalar joriy etilganini [hisobga olmayapsiz]... Bu Rossiyaga yuzlab milliard dollarga tushdi. Siz buni harakatsizlik deb ataysizmi? Men hali ikkinchi va uchinchi bosqichni boshlaganim yo‘q», dedi prezident.
Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Tramp Rossiya rahbaridan «hafsalasi juda pir bo‘lganini» yana bir bor ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, AQSh prezidenti Putindan norozilik aynan nima bilan bog‘liqligini tushuntirmadi.
Avvalroq, Tramp Oq uydagi brifingda chiqish qilib, agar Ukraina mojarosi bo‘yicha oldinga siljish bo‘lmasa, Vashington «boshqa pozitsiyani egallashi» mumkinligini aytdi. Prezident voqealarni diqqat bilan kuzatishda davom etayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Ukrainadagi urush haqida «qiziqarli narsalarni» bilib olgan, yaqin kunlarda ularni bayon qiladi.
Mavzuga oid
10:25
AQShdan deportatsiya qilingan 24 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
10:10
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026