Avto | 11:00 / 04.09.2025
3076
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

#SonetUzStyle tanlovi yakunlandi: 500 dan ortiq ijodiy ishlar, 8 haftalik ijod va bosh sovrin – yangi Kia Sonet

Toshkentda butun mamlakat bo‘ylab ishtirokchilarning 500 dan ortiq ishlarini jamlagan #SonetUzStyle milliy tanlovining yorqin va uzoq kutilgan yakunlari bo‘lib o‘tdi. Tanlov kreativlik, o‘zini namoyon qilish va yangi yuksak cho‘qqilarga intilish timsoliga aylandi. Uning finali esa ishtirokchilar va tomoshabinlar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladigan haqiqiy shouga aylandi.

Foto: Kia

Tanlov yoz boshida boshlandi va shu zahotiyoq katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. 500 dan ortiq ishtirokchilar Kia Sonet uslubi haqida o‘z g‘oyalarini yuboradilar. Tanlov formati ikki bosqichni o‘z ichiga olgan bo‘lib, uning natijasiga ko‘ra, jasur g‘oyalari va professional taqdimoti bilan ajralib turadigan uch nafar ishtirokchi finalga yo‘l oldi.

Tanlovning tantanali yakuni Toshkentdagi Magic City bog‘idagi Registon maydonida bo‘lib o‘tdi. Bu yerdagi muhit haqiqiy festivalga monand edi: mehmonlar uchun interfaol tanlovlar, fotozonalar, sovrinli o‘yinlar va chiqishlar tashkil etildi. Tomoshabinlar nafaqat yakuniy ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlashlari, balki o‘zlari ham yorqin voqeaning bir qismiga aylanishlari mumkin edi.

Ishtirokchilarning ishlarini baholash Kia vakillari hamda media va marketing sohasidagi mustaqil ekspertlar: Jahongir Latipov, Husnora Shodiyeva, Alisher Komilov va Artem Cheleydan iborat professional hakamlar hay’atiga topshirildi. Ular barcha yakuniy ishlarning yuqori darajasini ta’kidlab, ularning har biri haqli ravishda g‘olib bo‘lishi mumkinligini qayd etdilar. Shuning uchun ham hal qiluvchi pallada g‘olibni aniqlash uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.

«Yakuniy bosqich ishtirokchilarining har biri yuqori darajadagi professionallik va kreativ fikrlashni namoyon etdi. Bularning barchasi ilhomlantiradigan va kelajakdagi tanlovlar uchun reja sifatida belgilaydigan loyihalardir», – dedi ADM Jizzakh rivojlanish bo‘yicha direktori Alisher Komilov.

Omad Laziz Shodiyevga (shodievman) kulib boqdi – aynan shu inson yangi Kia Sonet sohibi bo‘ldi. Yosh ijodkor tanlovda ishtirok etish uning uchun haqiqiy sinov bo‘lganini, g‘alaba qozonish esa orzusining ro‘yobi ekanligini tan oldi: «Men aynan o‘sha baxtli inson bo‘lishimga ishongan edim. Kia Sonet men uchun nafaqat avtomobil, balki yangi imkoniyatlar ramzidir».

Qolgan finalchilar Izzat Mansurov (izzatmansuroff), shuningdek, by.neeboo va crbl_media juftligi ham e’tibordan chetda qolmadilar va eng yangi iPhone 16 Pro smartfonlarini qo‘lga kiritdilar.

#SonetUzStyle tanlovi katta orzular ro‘yobga chiqishi, ijodiy loyihalar esa odamlarni birlashtirishi, his-tuyg‘ular ulashishi va yangi ufqlarni ochishi mumkinligining ramziga aylandi. Ishtirokchilarning ishlari shuni isbotladiki, uslub bu - o‘zini ifoda etish erkinligi, dadil g‘oyalar va yanada ko‘proq maqsadlarga intilish istagidir.

Telefon: (+998) 55−500−83−33

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube

Reklama huquqi asosida

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid