Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Livandagi yangi elchisi tayinlandi
Abdusalom Xatamov yangi lavozimda ish boshladi.
Foto: dunyo.info
O‘zbekistonning Livanga yangi tayinlangan elchisi Abdusalom Xatamov mamlakat prezidenti Jozef Aunga ishonch yorliqlarini topshirdi. Elchining qarorgohi O‘mon poytaxti Masqat shahrida joylashgan.
Rasmiy marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida Jozef Aun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Livan bilan ikki tomonlama aloqalarini rivojlantirish maqsadida elchi tayinlagani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston elchisi, shuningdek, Livan tashqi ishlar vaziri Yusuf Rajji bilan uchrashdi.
Tomonlar Livan va O‘zbekiston o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirish barobarida, turli darajalardagi ikki tomonlama tashriflar tashkil qilish, madaniyat kunlarini o‘tkazish va o‘zaro turistlar oqimini oshirishga qaratilgan tadbirlar uyushtirish takliflarini qo‘llab-quvvatladi.
Abdusalom Xatamov 2024 yil 4 fevraldan buyon O‘zbekistonning O‘mondagi elchisi sifatida ishlamoqda.
Mavzuga oid
09:30 / 16.05.2026
Isroil va Livan o‘rtasidagi sulh 45 kunga uzaytirildi
14:52 / 10.05.2026
Livanda Isroil zarbasi oqibatida o‘nlab kishilar halok bo‘ldi
07:22 / 09.05.2026
Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Rimda hibsga olindi
07:24 / 06.05.2026