Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp yevropaliklarni Ukrainadagi urushni moliyalashtirishda aybladi
Yevropa yetakchilari bilan videokonferensiya chog‘ida AQSh prezidenti ularni Rossiya neftini xarid qilishni to‘xtatishga va bu borada Xitoyga bosim o‘tkazishga chaqirdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 4 sentabr kuni Yevropa yetakchilari bilan videokonferensiya chog‘ida ularni Rossiya neftini sotib olish orqali Ukrainadagi «urushni moliyalashtirayotganlikda» aybladi va Moskvani ushbu daromad manbayidan uzib qo‘yishga, shuningdek, bu borada Xitoyga bosim o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda Amerikaning Axios internet nashri va CNN telekanali Oq uydagi manbaga tayanib, 5 sentabr, jumaga o‘tar kechasi xabar berdi.
CNN'ning aniqlik kiritishicha, Trampning izohlari Ukrainani Rossiyaga qarshi mudofaa urushida qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish niyatida bo‘lgan bir qator Yevropa davlatlari, shuningdek, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ishtirokidagi «ko‘ngillilar koalitsiyasi» muzokaralari chog‘ida bildirilgan. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va boshqa Yevropa yetakchilari Trampdan ushbu videokonferensiyaga qo‘shilishni so‘radi, deyiladi xabarda.
Axios jurnalistlarining eslatishicha, Ukrainada keng miqyosli urush boshlanganidan keyin Yevropa davlatlari Rossiyadan energiya sotib olishni keskin qisqartirgan. Biroq tahririyatning Oq uydagi manbasiga ko‘ra, «bir yil ichida Rossiya Yevropa Ittifoqidan yonilg‘i sotish orqali 1,1 milliard yevro olgan».
Mavzuga oid
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026