Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiya urushdan qochgan rossiyaliklarni ommaviy ravishda chiqarib yubormoqda
Birinchi suhbatlar natijalariga ko‘ra, Rossiya fuqarolarining qariyb 90 foizi boshpana bo‘yicha rad javobi olgan, 104 nafar rossiyalik Finlandiyadan 2025 yilning yanvaridan sentabrigacha chiqarib yuborilgan.
Foto: JUSSI NUKARI/Lehtikuva/AFP/Getty Images
Finlandiya hukumati Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan keyin bu davlatga qochgan rossiyaliklarni ommaviy ravishda chiqarib yuborishni boshladi. 2025 yilning yanvaridan sentabriga qadar boshpana berish rad etilgan 104 nafar Rossiya fuqarosi Finlandiyadan chiqarib yuborildi, deb xabar qildi Finlandiya politsiyasi 5 sentabr, juma kuni «Vot Tak» nashriga. Bu yil deportatsiya qilinganlar sonining ko‘payishi rossiyaliklarning boshpana so‘rovi uzoq vaqt davomida ko‘rib chiqilmagani bilan bog‘liq.
«Ikki yil davomida hech kim bilan suhbat qilinmadi. Ular biz bilan nima qilishni bilmadi. Faqat kamdan-kam holatlar kuzatildi. Faollarimiz Finlandiya ombudsmaniga murojaat qildi, shikoyatlar yozdi va faqat 2024 yilning oxirida suhbatlar boshlandi», dedi «Kemi urushga qarshi» tashkiloti faoli va sobiq ko‘ngilli Maksim Aliyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi intervyulardan keyin rossiyaliklarning deyarli 90 foizi rad etilgan. Ularning aksariyati Oliy sudga apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilgan va agar ruxsat berilsa, boshpana so‘rab qayta murojaat bilan chiqadi.
Rad etishlarning ko‘pligi, aksariyat hollarda arizachilarning safarbarlikdan qochish uchun Rossiyadan qochib ketganligi bilan bog‘liq. 2023 yil may oyida Finlandiya Migratsiya xizmati kamida 1109 nafar rossiyalik harbiy xizmatga chaqirishdan bo‘yin tovlagani sababli boshpana so‘ragani haqida xabar bergan edi. Finlandiya rasmiylari ularni rad etib, Rossiyada safarbarlik tugaganini da’vo qilmoqda. Qarorlarda bu haqda o‘sha paytdagi mudofaa vaziri Sergey Shoygu va prezident Vladimir Putin aytgani aytiladi. Biroq, tegishli farmon imzolanmagan.
Mavzuga oid
15:44 / 02.12.2025
Finlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi dipmissiyasini yakunlamoqda
14:49 / 26.11.2025
YeI Finlandiyaga nisbatan ortiqcha defitsit sababli jarima tartibini boshlamoqchi
09:58 / 03.11.2025
RF Vuoksadagi GES bo‘yicha 1972 yilgi Finlandiya bilan tuzilgan shartnomani to‘xtatdi
20:20 / 31.10.2025