Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil qo‘shinlari G‘azo shahriga chuqurroq kirib bormoqda. Aholiga janubga ko‘chish buyurildi
Shanba kuni Isroil armiyasi G‘azo shahridagi falastinliklarga Xon-Yunus qirg‘oq hududidagi maxsus hududga ko‘chishni buyurdi. Shundan so‘ng, harbiylar shahar markazidagi ko‘p qavatli binoni bombardimon qildi. Falastinliklar bu bino ko‘chirilganlar uchun boshpana bo‘lganini aytmoqda.
Foto: New York Times
6 sentabr kuni Isroil armiyasi matbuot kotibi Avichay Adre shahar aholisi janubdagi Xon-Yunus qirg‘oq hududidagi maxsus belgilangan joyga evakuatsiya qilinishini yozdi. Unga ko‘ra, u yerda oziq-ovqat, tibbiy yordam va boshpana taqdim etiladigan «gumanitar zona» bo‘ladi.
Keyinchalik Isroil armiyasi ko‘p qavatli binoni bombardimon qildi. IDFga ko‘ra, bu binodan Hamas foydalangan, lekin Isroil bunday portlatishga doimgidek dalil keltirilmagan.
Just now in #Gaza City: the last remains of a residential building were crushed on top of a defenceless population. Israel’s barbarity defies words — and the world’s inaction is nothing less than complicity. pic.twitter.com/0jJPDSMzOi
— Husam Zomlot (@hzomlot) September 5, 2025
Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats zarbadan so‘ng ko‘p qavatli bino qulab tushayotganini ko‘rsatadigan videoni ulashdi. Havoga katta chang va g‘ishtbo‘laklari ko‘tarildi. Halok bo‘lganlar bor-yo‘qligi darhol noma’lum qoldi.
Hamas bu binodan foydalanganini rad qildi, falastinliklar esa bino ko‘chirilgan odamlar uchun boshpana bo‘lib xizmat qilganini aytdi.
Al-Jazeeraʼning tibbiy manbalarga tayanib yozishicha, shanba tongidan buyon Isroil hujumlari oqibatida G‘azo bo‘ylab kamida 41 nafar falastinlik halok bo‘lgan. Ulardan 25 nafari G‘azo shahrida, olti nafari esa yordam izlayotganlar bo‘lgan.
Xon Yunusdagi al-Mavosi hududi - Isroil «gumanitar zona» tashkil qilayotganini aytgan joyda esa chodir lagerining bombardimon qilinishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.
Reuters nashrining yozishicha, shu kunlarda Isroil qo‘shinlari G‘azo shahrining ichkarisiga chuqurroq kirib bormoqda. Shaharga og‘ir zarbalar berib, tashqi tumanlardan markaz tomonga harakatlanmoqda.
Bu Bosh vazir Benyamin Netanyahu mudofaa vazirligiga shaharni egallashni buyurganidan keyin boshlangan. Xususan, Netanyahu G‘azo shahrini Hamasning asosiy tayanchi deb atab, uni egallash guruhni mag‘lub etish uchun zarur ekanini aytgandi.
Hujum deyarli ikki yillik urushdan panoh topgan yuz minglab falastinliklarning yana ko‘chirilishiga tahdid solmoqda. Urushdan avval shaharda qariyb bir million kishi, ya’ni G‘azo aholisining qariyb yarmi yashagan.
G‘azodagi urush Isroilni diplomatik jihatdan tobora ko‘proq izolyatsiyaga olib kelmoqda. Hatto eng yaqin ittifoqchilari ham kichik anklavni vayron qilgan kampaniyani qoralamoqda.
Amnesty International tashkiloti juma kuni Isroildan G‘azo shahriga hujumni va yuz minglab falastinliklarning majburiy ko‘chirilishini to‘xtatishni talab qildi. So‘nggi kunlarda yuzlab tinch aholining halok bo‘lgani va uylar vayron qilinganidan ogohlantirdi.
Mahalliy sog‘liqni saqlash idoralariga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabrdan beri G‘azoda 64 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Anklavning katta qismi vayronaga aylangan, aholisi esa gumanitar inqirozga duch kelmoqda.
Isroilda esa garovdagilar oilalari va ularning tarafdorlari boshchiligida urushni tugatib, qolgan 48 kishining ozod qilinishiga erishish uchun diplomatik kelishuvga chaqiriqlar kuchaymoqda. Netanyahu «hammasi yoki hech narsa» kelishuvi tarafdori, ya’ni barcha garovdagilar bir yo‘la ozod qilinishi va Hamas taslim bo‘lishi kerak, deb turibdi.
Mavzuga oid
13:42 / 05.12.2025
Isroil «Yevrovideniye-2026»da qatnashadi, qator davlatlar tanlovni boykot qiladi
12:51 / 05.12.2025
«Haqiqat bo‘lishiga juda kuchli asoslar bor» – BMT bosh kotibi G‘azodagi urush jinoyatlari haqida
16:58 / 04.12.2025
G‘azo vayronalari orasida 54 juftlik uchun ommaviy to‘y o‘tkazildi – fotolar
15:51 / 02.12.2025