Aleksandr Dyuma. Bu nomni eşitmagan kitobxon juda oz topilsa kerak. Uning 1844 yilda yozilgan “Graf Monte-Kristo” asari butun dunyo kitobxonlari uçun abadiy durdonalardan biri hisoblanadi. Şu örinda aytişni istardik, aksariyat kuzatuvçilarimiz ham bu asar haqida gapirişimizni söraşgan.
Demak, bugun “5 daqiqa”da “Graf Monte-Kristo” yoxud “If qal’asining mahbusi” haqida gaplaşamiz.
Asar markazida dengizçi Edmon Dantes turadi. U yoş, samimiy va mehnatsevar yigit. Taqdir esa unga keng yöllar oçgandek körinadi: kema kapitani böliş arafasida. U sevgilisi Mersedes bilan baxtli hayot sari intilayotgan damlar. Biroq hasad va nafs har qanday buyuk rejalarni yöqqa çiqara oladi. Dantesning atrofida döst bölib yurgan Fernan, Danglar va Kadrus uni yiqitiş uçun reja tuzişadi. Yolğon ayblov uyuştirib, qahramonni qamoqqa taşlaşga erişadilar.
“Ilmdan özga najot yöq va bölmagay” - Imom Buxoriy
Dantes qamoq devorlari orasida taqdir bilan yuzma-yuz qoldi. Dastlabki yillarda u umidsizlikka tuşdi, heç qanday yoruğ yöl körinmasdi. Biroq qamoqda dono Faria bilan tanişişi barçasini özgartirdi. Faria unga ilm, siyosat, tillar va hayotiy tajribani örgatdi. Bu tarbiya orqali Dantes oddiy dengizçidan aql va bilim sohibiga aylandi. Donişmand Farianing qölida yana bir sir bor edi — Monte-Kristo orolidagi tuganmas xazina. Uning ölimi Dantes uçun oğir zarba böldi, biroq aynan şu fojia unga erkinlikka yöl oçdi.
Qamoqdan qoçiş sahnasi romanning eng dramatik buriliş nuqtasi hisoblanadi. Dantes yillar davomida toş devorlar, zulmat va yolğizlik bilan kuraşdi. Faria örgatgan bilim va çeksiz iroda unga kuç berdi. U mahbusning jasadini almaştiriş orqali qutuliş rejasini amalga oşirdi. Özini ölganga solib, qismatdoşining örniga qopga kirib yotdi. Keyin u dengizga uloqtirildi — ozodlikka erişiş uçun jon-jahdi bilan kuraşişiga töğri keldi. Bu sahna şunçaki qamoqdan qoçiş emas, balki inson irodasining ğalabasi, ruhiy qayta tuğilişga öxşardi.
Ölmay turib tiriliş imkoni hamişa bor...
Erkinlik va xazina Dantesni yangi şaxsga aylantirdi. Endi u oddiy dengizçi emas, balki sirli va qudratli şaxs – Graf Monte-Kristo sifatida namoyon böldi. Uning hayotida endi faqat bir maqsad bor edi: xiyonat qilganlardan adolat talab qiliş. Ammo bu intiqom şunçaki yovuzlik emas, balki rejali, har bir qadamda hisob-kitob qilingan harakatlar edi. U Fernan, Danglar va Vilfor kabi duşmanlarining öziga xos zaif nuqtalarini topib, ularni mağlub etdi.












