Bugun “Beş daqiqa”da katta ilmiy va milliy dramani körsatib bergan asar haqida gaplaşamiz. Abduqayum Yöldoşning “Puankare” hikoyasi – şaxsiy orzular, milliy fojia va ilmga munosabat haqidagi juda ta’sirli asar.

Hikoya markazida bir olim bor. Uning umri Puankare gipotezasiga bağişlangan. Olimning eski portfeli – köp yillab yiğilgan qölyozmalar, formulalar va izlanişlar bilan tölgan. Asarda portfel eskirib, içidagini tökib-soçayotgani kabi, olimning ham umri sekin-asta ma’nosini yöqotayotgani körsatiladi.

Puankare gipotezasi dunyo matematikasining eng qiyin muammolaridan biri. Muammo faqat texnik masala emas, asar qahramoni uçun bu umr ma’nosi. Şuning uçun olimning har bir kuni, har bir izlanişi umid va alam örtasida keçadi.

Turmuş va ilm örtasidagi ziddiyat

Hikoyaning asosiy voqealari olimning kundalik hayoti atrofida sodir böladi. Ilm bilan şuğullaniş örniga u turmuş taşvişlari bilan qiynaladi. Qaynonasi, ayolining bosimi, quda-andalarga sovğa tayyorlaş, uy-joy muammolari, maoşning kamligi va şu kabilar. Institutda esa undan buyuk muammolar yeçiş emas, balki “foydasi bor” işlar bilan şuğullaniş talab qilinadi. “Davlat sizga sarob ortidan yugursin deb maoş tölamaydi”, deyişadi unga rahbarlar.

Olimning qalbidagi olov esa sönmaydi. U har gal portfelini oçib, eski qoğozlarini körib, yana ilmiy işga kirişadi. Ammo hayot unga imkon bermaydi. Turmuş va ilm örtasidagi ziddiyat uning umrini erib borayotgan şamga aylantiradi.

Bu holat tasodifiy emas. Muallif bizga özbek olimlarining taqdirini körsatadi. Ilm yölida izlanişga tayyor köplab olimlar tarixda turmuş girdobida qolib ketgan. Ular kaşfiyotlar ostonasigaça borgan, biroq şaroit yöqligi sabab orzular yölining yarmidan qaytişga majbur bölişgan.

Şogird bilan uçraşuv: umid va ogohlantiriş

Qahramon hayotida talabaning paydo bölişi – yangi umiddir. Yoş, zukko va ilmga çanqoq bu yigit ustoz köz öngida umidli avlodning ramzi sifatida gavdalanadi. U bilan tanişganda, olim özining yoşlik qiyofasini körgandek böladi. Şuning uçun ham: “Agar zukko bir talaba yordam bersa, Puankareni bir haftada yeçar edim”, deya xayol qiladi.

Biroq muallif bu yerda oğir ironiya qiladi. Ustoz yaxşi anglaydi: muhit özgarmasa, şogird ham uning taqdirini takrorlaydi. Asarda ham şunday. Ilmga berilgan umidli yigit maişiy qiyinçilik, moddiy yetişmovçiliklarga duç keladi. Va eski ssenariy takrorlanişiga işora qilinadi. Şu jihatdan talaba – bir vaqtning özida umid va ogohlantiriş ramzi.