Jahon | 07:39 / 06.09.2025
2656
2 daqiqa o‘qiladi

Mers Ukraina xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha o‘z rejasini taqdim etadi

AFP va Der Spiegel nashrlarining yozishicha, Mersning takliflar to‘plami Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlashni o‘z ichiga oladi, biroq bundesver tinchlik bitimi tuzilganidan keyin mamlakat xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etishini nazarda tutmaydi.

Foto: Florian Gaertner/photothek.de/picture alliance

Germaniyaning Der Spiegel haftalik nashri va AFP axborot agentligi xabariga ko‘ra, Germaniya hukumati Parijda bo‘lib o‘tadigan «ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishida Germaniyaning Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlariga qo‘shadigan hissasi bo‘yicha aniq takliflarni taqdim etishi kerak edi. Videokonferensiya rejimida yig‘ilishga qo‘shiladigan Germaniya kansleri Fridrix Mers urush tugaganidan keyingi davr uchun Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari rejasini taqdim etishi lozim edi, deb yozadi Der Spiegel.

AFP hukumatdagi manbalarga tayanib yozishicha, gap birinchi navbatda Ukrainaning havo mudofaasi va hujumkor harbiy salohiyatini kuchaytirish haqida ketyapti. Mersning takliflar paketi Ukraina hududiga bundesver askarlarini joylashtirishni nazarda tutmaydi, deya ta’kidlaydi agentlik.

Germaniyaning Ukraina xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etishi uchun zarur bo‘lgan shartlar orasida AFP'ning Berlindagi suhbatdoshlari AQSh va Rossiyaning muzokaralarga tayyorligini, shuningdek, hukumat koalitsiyasi doirasida ushbu majburiyatlar bo‘yicha konsensus va Bundestagning qo‘llab-quvvatlashini keltirdi. Shuningdek, Der Spiegel nemis hukumati tinchlik bitimi tuzilgandan keyin bundesverning Ukraina xavfsizligini ta’minlashdagi ishtiroki bilan bog‘liq majburiyatlardan qochish niyatida ekanini ta’kidladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid