Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy televideniyesi Si va Putinning «umrboqiylik» haqidagi suhbati videosini o‘chirishni talab qildi
Videoni e’lon qilgan Reuters agentligi uni o‘chirib tashlashga majbur bo‘ldi.
Foto: Getty Images
Reuters xalqaro axborot agentligi Xitoy rahbari Si Jinping va Rossiya prezidenti Vladimir Putin umrni uzaytirish imkoniyatini muhokama qilgani aks etgan to‘rt daqiqalik videoni o‘chirib tashlashga majbur bo‘ldi.
Buni ushbu materiallardan foydalanish huquqini bekor qilgan Xitoy markaziy televideniyesi (CCTV) talab qildi.
Suhbat Si va Putin Pekinda Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligiga bag‘ishlangan paradda ketayotganda yozib olingan. Xitoy yetakchisining aytishicha, «ilgari odamlar kamdan-kam hollarda 70 yoshgacha yashagan», hozir esa bu yoshda «sen hali ham yosh bolasan». Bunga javoban Putin kelajakda biotexnologiyalarning rivojlanishi va organlarni ko‘chirib o‘tkazish insonni abadiylikka yaqinlashtirishi mumkinligini aytdi. Si «150 yoshgacha yashash imkoniyati bu asrda ham borligini» ta’kidladi.
Reuters Xitoy televideniyesidan olingan materiallar asosida rolikni montaj qilib, butun dunyo bo‘ylab minglab obunachilarga tarqatdi. Shundan so‘ng, CCTV yuridik bo‘limi agentlikni videodan foydalanish shartlarini buzganlikda ayblagan va o‘chirib tashlashni talab qilgan.
Video o‘chirib tashlandi, ammo tahririyat e’tirozlarga rozi bo‘lmadi. «Biz e’lon qilingan materiallarni diqqat bilan o‘rgandik va Reuters’ning uzoq vaqtdan beri aniq va xolis jurnalistikaga sodiqligi obro‘sizlantirilgan deb hisoblash uchun asos topmadik», deb ta’kidladi agentlik.
Mavzuga oid
23:27 / 19.11.2025
Putin umr ko‘rish davomiyligi 150 yil bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi
23:27 / 08.11.2025
Xitoy laboratoriyasi keksayishga qarshi dori ishlab chiqdi
07:42 / 02.10.2025
Mashinistning chorak asr oralig‘ida olingan surati Xitoy temiryo‘llaridagi o‘zgarishni ko‘rsatdi
22:45 / 29.09.2025