Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iyul-avgust oylarida elektromobil importida “bum” kuzatildi
Oxirgi 2 oyda bojxona organlari 15 mingtaga yaqin elektromobil importini rasmiylashtirdi. Bu – yilning birinchi yarmidagi 6 oylik umumiy ko‘rsatkichdan ham ko‘proq. O‘zbekistonga chetdan olib kirilayotgan har 10 ta yengil avtomobildan 7 tasi – elektrokar.
Foto: AP
Iyul-avgust oylarida O‘zbekistonga elektromobil importi keskin oshdi. Kun.uz e’tibor qaratgan Bojxona qo‘mitasi statistikasi shundan darak bermoqda.
Qo‘mita saytidagi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning dastlabki 6 oyi davomida 14 355 dona elektromobil olib kirilgan bo‘lsa, shundan keyin iyul-avgust oylarida undan ham ko‘proq – 14 593 ta elektrokar import qilingan.
Benzinda harakatlanadigan va gibrid modellar importi bo‘yicha raqamlarda bunday anomaliya ko‘zga tashlanmaydi.
Yanvar–avgust oylarida benzinda yuradigan mashinalarga qaraganda 2,5 barobarga ko‘p elektrokar olib kirilgani e’tiborli. Yengil mashinalar importida faqat benzinda harakatlanadigan modellarning ulushi 26 foizga tushib qolgan. Xorijdan keltirilgan yengil mashinalarning 69 foizi faqat elektr dvigateli bilan jihozlangan.
Gibrid modellar borgan sari bozorni tark etmoqda: bunday ulovlar importi yillik nisbatda 5 barobarga qisqargan.
2025 yilning dastlabki 8 oyida jami 42 230 ta yengil avtomobil olib kirilgan bo‘lib, bu – o‘tgan yilning mos davri (47 928 ta)ga nisbatan 11,9 foizga kam.
Mavzuga oid
11:16 / 15.01.2026
O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi ikki barobardan ortiq o‘sishi kutilmoqda
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
09:10 / 11.01.2026
Navbatchi ustozlarga ish haqi va Boysunda neft buloqlari - hafta dayjesti
10:41 / 09.01.2026