Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sentyabrning o‘rtalari salqin, oyning uchinchi o‘n kunligi esa iliqroq o‘tishi kutilmoqda
Joriy hafta va kelayotgan hafta ob-havosi Skandinaviya sharqida tug‘ilgan va Sibir antitsikloniga aylangan oqim harakatiga bog‘liq bo‘lyapti. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.
Sentyabr oyi oldinroq prognoz qilinganidek, me’yor atrofida va ayrim hududlarda me’yordan 1 daraja yuqori bo‘lishi yana ham aniq bo‘lib bormoqda. Sentyabr oyi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatining ayrim hududlarini hisobga olmasa, boshqa hududlarda butun boshli oy deyarli quruq o‘tishi taxmin qilinmoqda. Kelayotgan kuz mavsumi Tinch okeani markazida suv haroratining sovishi bilan bog‘liq La-Ninya hodisasi sabab quruqroq o‘tishi kutilmoqda.
Zotan Jahon Meteorologik Tashkiloti 2025 yilning oktyabr va 2026 yilning yanvar oylari uchun Tinch okeani markazida La-Ninya hodisasi rivojlanishini 65% aniqlikda prognoz qilib bo‘lgan. Ushbu davrda suv haroratining isib ketishi bilan bog‘liq El-Ninyo hodisasi rivojlanishiga ishoralar majud emas.
Demak, kuz va qish oylari yuqori ehtimol bilan quruq kelishi aniq bo‘lmoqda. Bu kabi holat bizning mintaqada sovuq antitsiklonal jarayonlarni kuchaytiradi. Joylarda mavsum uchun ilk suvuq urish jarayonlari me’yordagidan ko‘ra ertaroq ro‘y berishi mumkin
Mavzuga oid
14:21 / 22.04.2026
Prezident Markaziy Osiyoda iqlim muammolarini hal qilish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi
14:30 / 20.04.2026
Turkmanistondan kirib keladigan siklon sel va toshqinlarni olib keladi
15:57 / 01.04.2026
Aprelning ilk kunlari issiq va yog‘inlarga boy bo‘ladi
07:39 / 01.04.2026