Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga tayyorligini ma’lum qildi
AQSh prezidenti Rossiyaga qarshi sanksiyalarning «ikkinchi bosqichi»ga o‘tishga tayyorligi haqidagi savolga ijobiy javob berdi. Moliya vazirligi rahbari Bessent ham AQSh ma’muriyati Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqchi ekanligini ta’kidladi.
Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari Ukrainaga eng yirik zarba bergan kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish niyatida ekanligini bildirdi. 7 sentabr, yakshanba kuni Vashingtonda jurnalistlarning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi munosabati bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalarning «ikkinchi bosqichi»ga o‘tishga tayyorligi haqidagi savoliga javob berar ekan, u shunday dedi: «Ha, men tayyorman».
Tramp o‘z rejalari haqida hech qanday ma’lumot bermadi, OAV ham unga aniqlik beruvchi savollar yo‘llamadi.
O‘z navbatida, AQSh moliya vaziri Skott Bessent AQSh va Yevropaning qo‘shimcha iqtisodiy bosimi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukraina bilan tinchlik muzokaralarini boshlashga undashi mumkinligini taxmin qildi. «Agar AQSh va Yevropa Ittifoqi chora ko‘rsa va Rossiya neftini sotib oluvchi davlatlarga nisbatan yangi sanksiyalar va ikkilamchi bojlar joriy qilsa, u holda Rossiya iqtisodiyoti butunlay tanazzulga yuz tutadi va bu prezident Putinni muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qiladi», — dedi Bessent NBC News telekanalida.
AQSh Moliya vazirligi rahbari Tramp ma’muriyati Rossiyaga bosimni kuchaytirishga tayyorligini ta’kidladi. Ammo bunda yevropalik hamkorlar ham ishtirok etishi kerak, deya qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
13:06 / 28.06.2026