Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya va Fransiya Markaziy Osiyodagi banklarga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi
Sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiya neftini Yevropa Ittifoqiga eksport qiluvchi neftni qayta ishlash zavodlari va u bilan ishlaydigan savdo kompaniyalari kiritilishi mumkin.
Foto: RIA Novosti / Aleksey Vitvitskiy
Germaniya va Fransiya Yevropa Ittifoqining yangi, 19-sanksiya paketi doirasida Rossiyaning "Lukoyl" neft kompaniyasi va uning Litasco shu’ba korxonasiga qarshi sanksiyalar kiritishni taklif qildi. Bu haqda diplomatlarga tayanib, AFP agentligi xabar berdi.
Agentlik manbalariga ko‘ra, bu taklif Yevropa komissiyasiga o‘tgan haftada kiritilgan. Sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiya neftini Yevropa Ittifoqiga eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi uchinchi mamlakatlardagi neftni qayta ishlash zavodlari va Rossiya nefti bilan ishlaydigan savdo kompaniyalarini kiritish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, Germaniya va Fransiya Markaziy Osiyodagi banklar va kriptovaluta birjalariga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi.
Dpa agentligi tomonidan ko‘rib chiqilgan hujjatda aytilishicha, neft va gaz sotish Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:26 / 07.05.2026
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqini isloh qilish rejasini taklif etdi
08:21 / 07.05.2026
Fransiyaning 71 yoshli sobiq prezidenti qamoqdan ozod etildi
07:38 / 06.05.2026
O‘zbekistonliklar Germaniyaga 3 ming yevrolik ishlarga taklif qilindi
22:42 / 28.04.2026