Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyahu Qatar va «terrorchilarni ushlab turgan» boshqa davlatlarga ultimatum qo‘ydi
Isroil bosh vaziri ularni zudlik bilan chiqarib yuborishni, aks holda bu bilan Isroil «shug‘ullanishini» ma’lum qildi.
Foto: AFP/Getty Images
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu 2023 yil 7 oktyabr kuni sodir etilgan terakt ishtirokchilariga «boshpana» bergan davlatlarga murojaat qilib, ularni chiqarib yuborish yoki sudga berishni talab qildi. Shu munosabat bilan 9 sentabr kuni hududiga Isroil tomonidan birinchi marta zarba berilgan Qatarni tilga oldi.
«Va men Qatarga va terrorchilarni yashirgan barcha davlatlarga aytaman: yoki ularni chiqarib yuboring, yoki javobgarlikka torting. Chunki siz buni qilmasangiz, biz qilamiz», dedi Netanyahu (Isroil hukumati saytidan iqtibos).
Netanyahu nutqi 2000 yil 11 sentabr voqealariga bag‘ishlandi. U ushbu teraktni HAMASning Isroilga qilgan hujumiga qiyosladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning terrorchilarga hujumlari AQSh Afg‘oniston va Pokistonda «Al-Qoida» a’zolarini ta’qib etganidan farq qilmaydi.
9 sentabr kuni Isroil Qatarda joylashgan HAMAS guruhi rahbariyati manziliga raketa zarbasini berdi. Oqibatda, Isroil bilan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bilvosita muzokaralarda qatnashgan Falastin harakati vakillari halok bo‘ldi.