Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ushbu kuzda Uzbekistan Airways Tyumenga parvozlarni boshlaydi
27 sentabrdan boshlab Uzbekistan Airways Toshkentdan Tyumenga parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Mazkur yo‘nalish yo‘lovchilarga G‘arbiy Sibirga to‘g‘ridan to‘g‘ri va qulaylik bilan sayohat qilish imkonini beradi.
Foto: Uzbekistan Airways
Tyumen – Sibirning eng qadimiy shaharlaridan biri bo‘lib, boy tarixiy meros va zamonaviy hayot ritmini o‘zida mujassam etgan. Shahar o‘zining shinam kvartal va muzeylari, go‘zal Tura daryosi qirg‘og‘i, Oshiqlar ko‘prigidan ko‘rinadigan manzaralar, shuningdek, qishda ham suvi iliq bo‘ladigan mashhur qaynoq buloqlari bilan mashhur. Tyumenning o‘ziga xos jozibadorligi har faslda yangicha namoyon bo‘ladigan tabiatga yaqinligidadir.
Keyingi sayohatingizni Tyumenga rejalashtiring va bu shahar nima uchun millionlab odamlar qalbini zabt etayotganini bilib oling! Uzbekistan Airways 27 sentabrdan boshlab har hafta shanba kunlari muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi.
Parvozlar jadvali (mahalliy vaqt ko‘rsatilgan):
• Toshkentdan jo‘nab ketish 17:00, Tyumenga yetib borish 20:00 (HY9691 aviaqatnovi);
• Tyumendan jo‘nab ketish 21:15, Toshkentga yetib kelish ertasi kuni 00:05 (HY9692 aviaqatnovi).
Aviachiptalar narxi:
• bir tomonga – 2 556 000 so‘mdan boshlab;
• borish-kelish – 4 520 000 so‘mdan boshlanadi.
Uzbekistan Airways bilan Tyumenga sayohat qiling! Aviachiptalarni booking.uzairways.com saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida, aviakompaniya agentlaridan yoki Google Play va App Store’da yuklab olish mumkin bo‘lgan mobil ilovada xarid qiling.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:39 / 29.11.2025
UzAirways Airbus A320/321 samolyotlarining dasturiy ta’minotini o‘zgartirdi
15:42 / 22.11.2025
Toshkent-London-Toshkent yo‘nalishidagi reys texnik nosozlik sabab kechikmoqda
17:00 / 13.11.2025
Uzbekistan Airways 11.11 aksiyasini davom ettiradi: parvozlarga 20 foizgacha chegirmalar
10:21 / 08.11.2025