Jahon | 16:10 / 11.09.2025
3141
2 daqiqa o‘qiladi

Belgiyada Myunxen filarmoniyasi konserti yahudiy dirijyor tufayli bekor qilindi

Belgiyadagi festivalda Myunxen filarmoniyasi orkestrining konserti orkestrga kelajakda isroillik dirijyor rahbarlik qilishi sababli bekor qilindi.

Foto: Günther Pichlkostner/First Look/picturedesk.com/picture alliance

Belgiyaning Gent shahridagi Flanders Festival festivali tashkilotchilari Myunxen filarmoniyasi orkestri (Münchner Philharmoniker) konsertini bekor qildi va bu qarorni uning bo‘lajak bosh dirijyori isroillik pianinochi Lahav Shani ekanligi bilan izohladi. Bu haqda 10 sentabr, chorshanba kuni festival saytida xabar berildi.

«Lahav Shani bir necha bor tinchlik va yarashuv tarafdori bo‘lgan, biroq uning Isroil filarmonik orkestri bosh dirijyori sifatidagi rolini hisobga olib, Tel-Avivdagi genotsid rejimiga nisbatan uning pozitsiyasini yetarlicha aniq ifoda eta olmaymiz», — deyiladi festival tashkilotchilari bayonotida. 

Ular bu qarorni «madaniyat vaziri, Gent shahar kengashi va Gentdagi madaniyat sohasi vakillarining murojaati» bilan izohladi. «Biz bu rejimdan aniq uzoqlashmaganlar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishga qaror qildik», — deyiladi bayonotda. «Biz festivalimizda xotirjamlikni saqlashga, tomoshabinlar va musiqachilarimizning xavfsizligini ta’minlashga qaror qildik», dedi tashkilotchilar. Shuningdek, ularga qandaydir aniq tahdidlar bo‘lgani yoki bo‘lmaganiga aniqlik kiritilmagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid