Ta’lim | 08:45 / 11.09.2025
1069
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Britaniya ta’lim tizimiga akademik dasturlarni joriy etadi

Mamlakat elchixonasi ko‘magida Strategik islohotlar agentligi tarkibidagi Xalqaro malakalar va baholash markazi (XMBM) direktori Husnidin Homidov va Buyuk Britaniya Lafboro universitetining global aloqalar bo‘yicha direktori o‘rinbosari Lu Bay o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA

Muloqot avvalida Britaniya tomoniga XMBM faoliyati haqida ma’lumot berildi. Xususan, dunyoning bir qator universitetlari, shu jumladan Britaniya oliygohlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston ta’lim tizimiga akademik va kasbiy dasturlarni joriy etish hamda talabalar uchun akademik mobillik va xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish ustida ish olib borayotgani ta’kidlandi.

Tomonlar turli yo‘nalishlarda, xususan dual diploma dasturlari hamda o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi sohalarida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha ekspertlar darajasida ishchi muzokaralarni uyushtirish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid