Markaziy bank raisi 11 sentabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida jurnalistlarning Özbekistonda tölovlarni amalga oşirişda steyblkoinlardan foydalaniş imkoniyati borasidagi savoliga javob berdi.
Steyblkoin (stablecoin) — narxi qat’iy belgilangan yoki muayyan aktivga (odatda AQŞ dollari, yevro yoki oltin) boğlangan kriptovaluta turi. Oddiy kriptovalutalardan farqli ravişda, uning asosiy maqsadi — barqarorlikni saqlaş va keskin tebranişlardan himoyalaniş.
“Umuman, raqamli valuta mavzusida izlanişlar olib boryapmiz. Raqamli valuta ikki turga bölinadi: Markaziy bank raqamli valutasi yoki tijorat banklari raqamli valutasi (agar bank pul bilan ta’minlangan bölsa, raqamli valuta çiqarişiga ruxsat beriladi). Biz hozirda ikkala variantni ham körib çiqyapmiz. Keça Fintex sohasini rivojlantiriş böyiça davlat rahbariga bergan hisobotimizda ham uşbu masalani pilot loyiha sifatida boşlaşni taklif etdik”, - dedi MB raisi.
Timur Işmetovning ta’kidlaşiçga, steyblkoin borasida dunyo turliça yönalişda ketmoqda. Masalan, AQŞ qonun qabul qildi: bunda Markaziy bank emas, tijorat banklari raqamli valuta çiqarişi belgilab qöyilgan.
“Buning öziga yaraşa risklari mavjud. U pul bilan ta’minlangan bölişi, pul zaxiralanganini kafolatlaşi kerak. Aks holda, bu qöşimça pul emissiyasiga teng bölib qoladi. Şuning uçun Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan birgalikda texnologik “qumdon” asosida test qilib körmoqçimiz. Test natijalariga köra, aholida bunga talab bormi-yöqmi, köramiz”, - dedi u.
Regulyator raisining ta’kidlaşiça, bu masaladagi risk şundan iboratki, raqamli valutalar borasida kutilmalar balandroq böladi.
“Lekin dunyo tajribasi körsatadiki, mamlakatda tölov tizimi yaxşi rivojlangan bölsa, qöşimça tölov vositalarining ahamiyati yuqori bölmaydi. Biz amaliyotdan kelib çiqib qaror qabul qilamiz.
Ikkinçi tomondan, Markaziy bankning raqamli valutasi haqida ham öylaşimiz kerak. Bunday valuta aholining kundalik hayotida emas, asosan tijorat banklari örtasidagi hisob-kitoblarni tezlaştiriş yoki boşqa markaziy banklar bilan tranzaksiyalarni amalga oşiriş uçun işlatiladi. Keyingi bosqiçlarda barça variantlarni örganib, test qilib köriş niyatidamiz. Buni qattiq nazorat asosida, risklarni hisobga olgan holda amalga oşiriş zarur. Çunki bu monetar siyosatga jiddiy ta’sir körsatadi”, — dedi Markaziy bank raisi.
Steyblkoinlar borasida prezidentga taqdimot qilingan












