Moliya | 20:04 / 11.09.2025
4206
1 daqiqa o‘qiladi

Semizlikka qarshi dori ishlab chiqaruvchi Novo Nordisk kompaniyasi 9 ming nafar ishchi o‘rnini qisqartiradi

Bu qaror arzon narxdagi muqobil dorilar ishlab chiqaruvchilarga qarshi kurash hamda o‘sishni tiklash maqsadida qabul qilingan. Yil boshidan beri Novo Nordisk’ning aksiyalari qariyb 46 foizga arzonlashib ketgan.

Foto: AFP/Getty Images

Semizlikka qarshi Wegovy dorisini ishlab chiqaruvchi Novo Nordisk kompaniyasi ishchilari sonini 11,5 foizga (9 ming ishchi) qisqartirishini e’lon qildi. Bu qaror raqobatchisi – Eli Lilly (AQSh) va boshqa arzon narxdagi muqobil dorilar ishlab chiqaruvchilarga qarshi kurash hamda o‘sishni tiklash maqsadida qabul qilingan.

Iyul oyida Novo Nordisk 70 mlrd dollarlik bozor qiymatini yo‘qotgandi. Yil boshidan beri esa kompaniyaning aksiyalari qariyb 46 foizga arzonlashib, kapitalizatsiyasi 181 mlrd dollarga kamaygan. Bungacha Novo Nordisk Yevropaning eng qimmat kompaniyalaridan biri bo‘lib, kapitalizatsiyasi 650 mlrd dollarga teng edi.

Qisqartirishlarning 5 ming nafari Daniyada bo‘ladi. Kompaniya tejalgan mablag‘ni ilmiy-tadqiqot ishlari, ishlab chiqarishni kengaytirish va bemorlar uchun imkoniyatlarni yaxshilashga qayta yo‘naltirishini ma’lum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid