Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask dunyoning eng boy odami unvonini atigi bir kunga yo‘qotdi
Larri Ellisonning musiqasi «juda qisqa vaqt» yangradi.
Foto: Reuters
Tesla rahbari Ilon Mask Oracle rahbari Larri Ellisondan o‘zib ketdi va dunyodagi eng boy odam unvonini qaytarib oldi.
Bloomberg milliarderlar indeksiga ko‘ra, 11 sentabr kuni Maskning boyligi 384,2 milliard dollarga baholangan, Ellisonniki undan 1 mlrd dollar kam.
Larri Ellison 10 sentabr kuni o‘z kompaniyasi aksiyalari keskin ko‘tarilganidan keyin qisqa muddat reytingda birinchi o‘rinni egallagan edi. Bir kun ichida Ellisonning boyligi 101 milliard dollardan oshib, 393 milliard dollarga yetdi, bu tarixdagi rekord darajadagi bir kunlik o‘sishdir. Shu bilan birga, Maskning boyligi taxminan 385 milliard dollarni tashkil qilgan.
Biroq o‘sha kuni kechqurun AQShdagi birjalar yopilganidan so‘ng, Mask yana yetakchiga aylandi. Ilon Mask birinchi marta 2021 yilda ushbu pog‘onaga chiqqan, biroq keyin Amazon asoschisi Jyeff Bezos va LVMH asoschisi Bernar Arnoga qisqa muddatga boy bergan.
Milliarderlar boyligining o‘zgarishi ularning kompaniyalari aksiyalari kursiga bevosita bog‘liq. Aksiyalar qiymati keskin ko‘tarilganda yoki pasayganda, mulkdorning holati shunga mos ravishda o‘zgaradi.
Mavzuga oid
22:14 / 04.02.2026
Ilon Maskning boyligi 800 milliard dollardan oshdi – Forbes
16:02 / 04.02.2026
Parijda Ilon Maskning X kompaniyasi ofisida tintuv o‘tkazildi
22:52 / 24.01.2026
Mask Tesla robotlari sotuvini yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi
09:38 / 19.01.2026