Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha Belarus bilan chegarasiga 40 ming nafar askarini joylashtirmoqchi
Polsha mudofaa vazirining o‘rinbosari Tsezariy Tomchikning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat "G‘arb-2025" " Rossiya-Belarus harbiy mashg‘ulotlariga javoban bir necha oy tayyorgarlik ko‘rgan.
Polsha "G‘arb-2025" Rossiya-Belarus harbiy mashg‘ulotlari tufayli Belarus bilan chegaraga 40 ming nafar harbiy xizmatchisini joylashtiradi. Bu haqda Polsha mudofaa vazirining o‘rinbosari Tsezariy Tomchik ma’lum qildi.
"G‘arb-2025" – hujum qilish mashg‘uloti. Shu bois Polsha armiyasi bunga tayyorlandi. Yaqin kunlarda chegaramizda 40 ming nafar harbiy bo‘ladi", - dedi Tomchik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Polsha "G‘arb-2025" mashg‘ulotlariga javoban bir necha oy tayyorgarlik ko‘rgan.
"Polsha armiyasi "G‘arb-2025"ga munosib javob qaytarish uchun 30 mingdan ortiq polshalik harbiylar hamda NATO harbiylari ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazdi", - dedi Tomchik.
Avvalroq Polsha bosh vaziri Donald Tusk 12-16 sentabr kunlari Belarus hududida bo‘lib o‘tadigan «G‘arb-2025» Rossiya-Belarus harbiy mashg‘ulotlari tufayli chegara yopilayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
09:55 / 03.07.2026
Minsk Rossiyaga safarlar bo‘yicha ogohlantirish berdi
10:45 / 29.06.2026
Germaniya Polshaga 300 mln yevrogacha tovon to‘lashi mumkin
21:40 / 24.06.2026
Belarusdagi retranslyatorlar jim bo‘lib qoldi - Zelenskiy
16:09 / 21.06.2026