Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin umrni uzaytirish bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirishni 8 barobar oshirdi
Rossiya prezidentining hayotni uzaytirish mavzusiga qiziqishi bir necha bor omma oldida namoyon bo‘lgan.
Foto: EPA
Rossiya ilmiy jamg‘armasi (RNF) tomonidan qarish va umrni uzaytirish sohasidagi tadqiqotlarni moliyalashtirish so‘nggi besh yil ichida sakkiz baravardan ko‘proq oshdi. «Novaya Yevropa» nashrining jamg‘arma saytidagi ma’lumotlarga asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra, qo‘llab-quvvatlash hajmi 2016-2020 yillardagi 21 million rubldan 2021-2025 yillarda 172 million rublga yetgan. Aslida, farq yanada kattaroq bo‘lishi mumkin, deya ta’kidladi nashr. RNF vasiylik kengashiga Putinning uzoq yillik do‘sti va safdoshi Andrey Fursenko rahbarlik qilmoqda.
Joriy besh yillik davrda RNF fundamental tibbiyotning qarish bilan bog‘liq 43 ta loyihasini qo‘llab-quvvatladi, 2016-2020 yillarda esa bunday loyihalar atigi yettita edi. Ularning aksariyati (34 ta loyiha) 2021-2023 yillarda ma’qullangan.
Qo‘llab-quvvatlangan loyihalar orasida fiziologik va patologik qarishning shakllanishida tug‘ma immunitet mexanizmlarini o‘rganish, qarishning kechishini bashorat qilish uchun markerlarni izlash, shuningdek, miya va ko‘zdagi o‘zgarishlar bilan Alsgeymer kasalligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish kiradi.
RNF mablag‘lari Putinning to‘ng‘ich qizi Mariya Voronsovaga ham ajratildi. U «Organizmda hujayralarning yangilanish jarayonlarini tartibga solish, organlar va to‘qimalarning funksional faolligini, inson salomatligi va faol uzoq umr ko‘rishini uzoq vaqt saqlashning fundamental asosi» loyihasiga rahbarlik qiladi.
Vladimir Putinning hayotni uzaytirish mavzusiga qiziqishi bir necha bor omma oldida namoyon bo‘lgan. Xususan, yaqinda Pekinga tashrifi chog‘ida u Xitoy rahbari Si Jinping bilan shaxsiy suhbatda umr ko‘rish davomiyligini uzaytirish istiqbollari va organlarni doimiy ravishda ko‘chirib o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qilgan edi.
The Times 2024 yil sentabr oyida Rossiyaning yuqori martabali amaldori umr ko‘rish davomiyligini uzaytirish bo‘yicha tadqiqotlarni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq bergani haqida yozdi. Shundan so‘ng, nashrning yozishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi institutlardan hujayra qarishiga qarshi kurashish usullari ustida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot berishni talab qilgan.
Mavzuga oid
23:00 / 04.12.2025
Amerika delegatsiyasi Zelenskiy bilan uchrashuvni bekor qilgan - OAV
22:15 / 04.12.2025
BRICS yagona valutasini joriy etishga shoshilishdan ma’no yo‘q – Putin
15:45 / 04.12.2025
Neft, qurol va geosiyosat. Putin nega Hindistonga davlat tashrifi bilan kelmoqda?
08:52 / 04.12.2025