Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Xitoy tariflar hamda TikTok bo‘yicha muzokaralar o‘tkazyapti
Madridda AQSh va Xitoy rasmiylari bir qator masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazyapti. Muzokaralardan eng kutilayotgan natija - TikTok’ning xitoylik egasi Byte Dance’ga 17 sentabrgacha AQShdagi aktivlarini sotish muddati yana uzaytirilishi. Aks holda ilova Qo‘shma Shtatlarda bloklanadi.
14 sentabr kuni AQSh va Xitoy rasmiylari tariflar va TikTok bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi, deya xabar berdi The New York Times.
Uchrashuv Madridda bo‘lib o‘tgan. Unda AQSh nomidan moliya vaziri Skot Bessent va savdo vakili Jyeymison Greer, Xitoy nomidan esa iqtisodiy siyosat bo‘yicha vitse-premer He Lifeng hamda mamlakat bosh savdo muzokarachisi Li Chenggang ishtirok etgan.
Tramp joriy qilgan tariflari ortidan AQShda inflatsiya kuchaydi. FZT joriy hafta foiz stavkalarini pasaytirishi kutilmoqda — bu o‘sishni rag‘batlantirish uchun qilingan qadam bo‘lsa-da, inflatsiyani ham oshirishi mumkin. Savdo urushi fonida AQSh Savdo vazirligi Xitoyning chip ishlab chiqaruvchi kompaniyalarini qora ro‘yxatga kiritgan. Bessent Pekinning ortiqcha sanoat quvvatini tanqid qilib, uning iqtisodiyotini muvozanatsiz deb atagan va Xitoyni Rossiya hamda Erondan neft xaridlarini qisqartirishga chaqirgan. AQSh ishlab chiqaruvchilari uchun zarur bo‘lgan nodir metallar va magnitlar eksportiga Xitoyning cheklovlari ham muhokama markazida turibdi. Shuningdek, Tramp ma’muriyatini Xitoyning AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olishni to‘xtatgani xavotirga solmoqda, bu soya yetishtiruvchi fermerlar tirikchiligiga jiddiy tahdid hisoblanadi.
Tramp aprel oyida Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga 145 foizlik tarif joriy qildi. Keyinchalik bu stavkani 30 foizga pasaytirdi. Xitoy esa AQSh mahsulotlariga 10 foizlik boj kiritdi.
Pekinning Amerikaga eksporti keskin kamaygan bo‘lsa-da, boshqa mamlakatlar bilan savdoni oshirish orqali yo‘qotishlarni qoplayapti. Yil yakunida Xitoyning AQShga eksporti qariyb 15 foizga pasayishi kutilyapti, o‘z navbatida Janubi-Sharqiy Osiyo, Afrika va boshqa mintaqalarga savdosi keskin o‘syapti.
Muzokaralardan eng kutilayotgan natija — TikTok’ning xitoylik egasi Byte Dance’ga 17 sentabrgacha AQShdagi aktivlarini sotish muddati yana uzaytirilishi. Aks holda, ilova Qo‘shma Shtatlarda bloklanadi.
Tahlilchilarga ko‘ra, asosiy «natijalar» yil oxirida bo‘ladigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik sammitida Tramp va Si o‘rtasidagi uchrashuvga qoldirilishi mumkin.
Mavzuga oid
22:34 / 12.06.2026
Tulsi Gabbard AQSh biolaboratoriyalari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi
20:26 / 12.06.2026
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
20:03 / 12.06.2026
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05 / 12.06.2026