Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya barter yordamida sanksiyalarni chetlab o‘tmoqda: zig‘ir urug‘i va alyuminiy evaziga Xitoydan avtomobillar va texnikalar olmoqda
Foto: Sergey Bobilev / RIA Novosti / Sputnik / Scanpix / LETA
Rossiya tashqi savdosida 1990-yillardan beri birinchi marta barter savdosi ulushi ortib bormoqda, deb yozadi Reuters. Shu yo‘l orqali Moskva va uning hamkorlari ikkilamchi sanksiyalar bilan bog‘liq xavflardan qochishga harakat qilmoqda.
Agentlik 1990-yillarda Rossiyada barter savdosi yuqori inflatsiya va rubl qadrsizlanishi tufayli foydali bo‘lganini eslatgan. Hozirda esa dollardagi tranzaksiyalarning cheklangan imkoniyati sharoitida undan foydalanish ortib bormoqda. Xitoydagi ko‘plab banklar sanksiyalar ro‘yxatiga tushishdan qo‘rqadi, shuning uchun ular Rossiyadan pul qabul qilishni istamaydi – barter operatsiyalarini kuzatish esa ancha murakkabroq.
2024 yil boshida Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi «Tashqi savdo barter bitimlari navigatori»ni e’lon qildi, unda sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun barterdan foydalanish bo‘yicha qisqa tavsiyalar berilgandi. O‘shanda vazirlik barter birjasi sifatida ishlaydigan maxsus savdo platformasini yaratishni taklif qilgan. Reuters’ning yozishicha, bunday sxemalardan tijorat maqsadlarida foydalanishga oid haqiqiy dalillar yaqinda paydo bo‘lgan.
Agentlik jurnalistlari ilgari noma’lum bo‘lgan sakkizta yirik barter bitimini o‘rganib chiqdi. Ulardan biri doirasida Xitoy avtomobillari Rossiya Federatsiyasiga bug‘doy evaziga yetkazib berilgan: rossiyalik kontragent Rossiyada donni rublga sotib olib, xitoylik hamkorlarga topshirgan, ular esa o‘z navbatida Xitoyda oldindan yuanga sotib olingan avtomobillarni berishgan.
Reuters tomonidan o‘rganilgan yana ikkita kelishuvda Rossiya kompaniyalari zig‘ir urug‘ini maishiy texnika va qurilish materiallariga almashtirgan; bunday operatsiyalardan birining qiymati 100 ming AQSh dollaridan oshgan. Boshqa operatsiyalarda rossiyalik kontragentlar Xitoyga mashinalar va Xitoy xizmatlari evaziga alyuminiy, boshqa metallar va xomashyo yetkazib bergan. Pokiston bilan ham bir barter bitimi tuzilgani ma’lum.
Bunday operatsiyalarning ba’zilari Rossiya tomoniga sanksiyalar ostida bo‘lgan G‘arb tovarlarini qo‘lga kiritish imkonini berdi, deydi agentlik manbalari.
Reuters agentligining savdo sohasidagi uch nafar suhbatdoshi bunday amaliyot «tobora ommalashib borayotgani»ni tasdiqladi. Shu bilan birga, agentlikning yozishicha, bunday bitimlarning shaffof emasligi sababli barter savdosining umumiy hajmini aniqlash juda qiyin.
Mavzuga oid
18:13 / 19.12.2025
Britaniya «Rossiya bilan aloqalari tufayli» O‘zbekistonning 4 ta kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi
13:21 / 16.12.2025
Yevroittifoq gibrid hujumlar uchun Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi
15:10 / 13.12.2025
“Valday” klubi a’zolari YeI sanksiya ro‘yxatlariga kiritiladi
09:37 / 13.12.2025