Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Toshkentda kasb-hunarga o‘qitish markazini ochmoqda
O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Onodera User Run kompaniyasi rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi.
Foto: "Dunyo" AA
Muloqot chog‘ida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Onodera User Run kompaniyasi o‘zbekistonlik yoshlarga yapon tili va tegishli kasblarni o‘rgatishga qaratilgan loyihani amalga oshirmoqda. Xususan, mazkur kompaniya tomonidan Toshkent shahrida o‘quv markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.
Mazkur o‘quv markazida ta’lim olgan talabgorlar haydovchilik, qariyalarni parvarishlash va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish kabi sohalarda Yaponiyada ish bilan ta’minlanadi.
Muloqot yakunida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
08:31 / 30.03.2026
Yaponiya ko‘mir issiqlik elektr stansiyalari uchun cheklovlarni yumshatadi
22:25 / 24.03.2026
Yaponlar o‘z uyida qanday qilib mukammal ozodalikni saqlaydi?
22:15 / 24.03.2026
Olimlar Oyda ulkan energiya kamarini qurmoqchi – bu insoniyatni energiya bilan ta’minlaydi
12:24 / 24.03.2026