Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Namanganga jo‘nab ketdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 sentabr kuni Namanganga jo‘nab ketdi.
Bu viloyat tadbirkorlik va sanoat hududi. So‘nggi sakkiz yilda Namanganga 7 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritilgan, 8 mingga yaqin yangi korxona ishga tushgan. Qishloq xo‘jaligi, turizm, xizmat sohalari ham rivojlanib, aholi bandligini ta’minlamoqda.
Prezident tashrifidan maqsad shunday namunali loyihalar bilan tanishish va yangi marralarni belgilashdir. Safar dasturidan qurilish, sanoat, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi korxonalari, ijtimoiy muassasalar o‘rin olgan.
Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Davlat rahbari “Kambag‘allikdan farovonlik sari” III xalqaro forumida ham ishtirok etadi.
Mavzuga oid
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gurjistonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
21:12 / 02.07.2026