Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘rov: Germaniyadagi har uchinchi korxona sun’iy intellektdan foydalanadi
Bitkom raqamli assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Germaniyadagi o‘nta kompaniyadan sakkiztasi sun’iy intellekt kelajakning muhim texnologiyasi ekanligiga shubha qilmaydi.
Germaniyadagi har uchinchi kompaniya sun’iy intellektdan foydalanadi. Bu Bitkom raqamli assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari. Ular 15 sentabr, dushanba kuni chop etilgan.
Xususan, tadqiqotda ishtirok etgan kompaniyalarning 36 foizi sun’iy intellektdan foydalanishini tasdiqlagan. Bundan tashqari, respondentlarning 47 foizi bunday qadamni rejalashtirayotganini yoki muhokama qilayotganini bildirgan. Kompaniyalarning atigi 17 foizi SIni o‘z biznesiga tatbiq etish haqida o‘ylamasligini bildirdi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda sun’iy intellektdan foydalanadigan kompaniyalar soni o‘tgan yilga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘p. Ushbu texnologiyani qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari — mijozlar bilan aloqa qilish, shuningdek, marketing va kommunikatsiya. Keyinchalik, sezilarli ortda qolish bilan tadqiqot va ishlanmalar, ishlab chiqarish jarayonlari, shuningdek, nazorat va buxgalteriya hisobi kabi sohalar bor.
So‘rov natijalariga ko‘ra, Germaniyadagi o‘nta kompaniyadan sakkiztasi SI kelajakning muhim texnologiyasi ekanligiga shubha qilmaydi.
Mavzuga oid
09:56 / 11.07.2026
Ryanair reysida illyuminator sindi, yo‘lovchi jarohatlandi
20:15 / 09.07.2026
Meta sun’iy intellektga Instagramdagi suratdan egasini ogohlantirmasdan foydalanishga ruxsat berdi
20:38 / 08.07.2026
“Sun’iy intellekt qadriyatli insonni yenga olmaydi” – ekspert bilan suhbat
10:35 / 08.07.2026