Jahon | 15:49 / 16.09.2025
2531
1 daqiqa o‘qiladi

Varshavadagi dron ishi bo‘yicha ikki belaruslik qo‘lga olindi

Polsha razvedka xizmatlari Varshavadagi hukumat binolari va prezident saroyi ustidan uchib o‘tgan dronni zararsizlantirdi. Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, ikki Belarus fuqarosi qo‘lga olingan.

Foto: Depositphotos

Varshavadagi Parkova ko‘chasidagi hukumat binolari va Belveder prezident saroyi ustidan uchib o‘tgan uchuvchisiz uchoq ishi bo‘yicha Belarusning ikki fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda 15 sentabr, dushanba kuni Polsha bosh vaziri Donald Tusk ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Davlat xavfsizlik xizmati hozirgina dronni zararsizlantirdi». Politsiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.

Respublika Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Karolina Galetskaya Interia portali bilan suhbatda voqea va ikki kishining qo‘lga olingani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid