Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talabalar ijara to‘lovi bir qismini qaytarish bo‘yicha my.gov.uz orqali murojaat qilishi mumkin bo‘ladi
“Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2026 yil 1 maydan nogironlikni belgilash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishda fuqarolarga tibbiyot muassasalariga imtiyozli davolanish uchun beriladigan yo‘llanmani shakllantirish va elektron navbatga qo‘yish kompozit shaklda amalga oshiriladi.
Shuningdek, 2026 yil yakunigacha tibbiy ko‘rik jarayonida shifokor nutqini avtomatik bayonlashtiruvchi ovozli yordamchi hamda bemorlarga tashxis qo‘yishda ko‘maklashuvchi sun’iy intellektga asoslangan “Shifokorning raqamli yordamchisi” dasturi ishga tushiriladi.
2025 yil 1 noyabrdan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini qaytarish bo‘yicha "Yagona portal" orqali murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.
2026 yil 1 yanvardan o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayoni bilan bog‘liq davlat xizmatlari "Yagona portal" orqali ko‘rsatiladi.
2025 yil 1 noyabrdan transportga gaz balloni o‘rnatilganligiga oid ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish orqali transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi.
Mavzuga oid
10:45 / 10.06.2026
Ayrim shaharlarda harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi oshiriladi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
15:43 / 19.05.2026
Ayrim qarzlar notarius orqali undiriladi
08:44 / 18.05.2026