Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 6 mingdan ortiq yo‘lovchi avtobusda chiptasiz harakatlangani uchun jazolandi
Qonunbuzarlar 41 ming 200 so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Toshkent shahrida yil boshidan beri 6 mingdan ortiq yo‘lovchi avtobusda yo‘l haqini to‘lamagani uchun jazolandi, deb xabar berdi Transport vazirligi.
Qayd qilinishicha, Transport nazorati inspeksiyasi hamda Toshkent shahar jamoat transportini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi tomonidan poytaxt avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlanayotgan yo‘lovchilarga nisbatan kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xabarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida 6182 nafar qoidabuzarga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilgan.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi 5-bandiga asosan, yo‘lovchining shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi (41 ming 200 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
16:28 / 13.06.2026