Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning samolyoti Londonga uchayotganda boshqa samolyot bilan xavfli darajada yaqinlashdi
Ikki bortning xavfli yaqinlashuvini payqagan aviadispetcherlar uchuvchilarga darhol yo‘nalishni o‘zgartirishni tavsiya qilgan.
AQSh prezidenti Donald Trampning Londonga uchgan Boeing 747 samolyoti Nyu-York osmonida Spirit Airlines aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi, deb yozdi The Mirror gazetasi.
Ikki bortning xavfli yaqinlashuvini payqagan aviadispetcherlar Fort-Loderdeyldan Bostonga uchayotgan yo‘lovchi samolyoti uchuvchilariga (Spirit 1300 reysi) darhol yo‘nalishni o‘zgartirishni tavsiya qilgan.
Samolyotlar bir-biridan bir necha mil masofada bo‘lgan va uchuvchilar belgilangan xavfsizlik masofasini buzmagan.
Tramp rafiqasi bilan birga 16 sentabr oqshomida Buyuk Britaniyaga tarixda ikkinchi marta davlat tashrifi bilan bordi. Birinchisi 2019 yilda bo‘lib o‘tgan. Trampgacha hech bir AQSh prezidenti Buyuk Britaniyaga to‘liq qirollik protokoli asosida davlat tashrifi bilan borish taklifi olmagan. 17 sentabr kuni prezidentlik juftligini Vindzor qasrida qirol Charlz III qabul qildi.
Amerika prezidenti bosh vazir Kir Starmer bilan ham muzokaralar o‘tkazadi. Trampning Buyuk Britaniyaga tashrifi chog‘ida Vashington va London 10 milliard dollardan ortiq iqtisodiy kelishuvlarni imzolashi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026