Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin menga pand berdi – Tramp
Oq uy rahbari Putin bilan munosabatlari tufayli Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni osonroq hal qilish mumkin, deb o‘ylaganini aytdi.
Foto: EPA
AQSh prezidenti Donald Tramp 18 sentabr kuni Ukrainadagi mojaroni hal qilish o‘zi kutganidan ko‘ra qiyinroq bo‘layotganini va Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning hafsalasini pir qilganini aytdi. Bu haqda Sky News xabar berdi.
«Men Putin bilan munosabatlarim tufayli Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni osonroq hal qilish mumkin deb o‘ylagandim, lekin u menga pand berdi, u haqiqatan ham pand berdi», dedi Tramp Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan qo‘shma matbuot anjumanida.
Shuningdek, AQSh prezidenti Rossiya Ukrainaga qaraganda ko‘proq askar yo‘qotmoqda, degan fikrni bildirdi.
«Putin ko‘plab odamlarni o‘ldirmoqda. U o‘ldirishdan ko‘ra ko‘proq odam yo‘qotyapti. Rossiya askarlari Ukraina askarlariga qaraganda ko‘proq halok bo‘lmoqda», dedi Tramp.
Tramp agar Bayden emas, o‘zi AQSh prezidenti bo‘lganida, Ukrainada keng ko‘lamli urush hech qachon boshlanmas edi, dedi. Oq uy rahbari buni ko‘p marta takrorlagan.
«Bu urushda millionlab odamlar, millionlab odamlar halok bo‘ldi va bu amerikalik askarlar emas. Askarlar Ikkinchi jahon urushidan beri hech kim ko‘rmagan tezlikda halok bo‘lmoqda. Men aynan shu sababga ko‘ra bu muammoni hal qilishga majburman, deb o‘ylayman», dedi Tramp.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga Oval kabinetda aytgan gapini takrorladi - mojaro uchinchi jahon urushiga aylanib ketishi mumkin.
Mavzuga oid
11:00 / 07.12.2025
Hindistonlik jurnalist Putindan nima uchun Donbassdagi rusiyzabon va Rossiyani qo‘llovchi ukrainlarning uylarini yakson etayotganini so‘radi
01:22 / 07.12.2025
AQSh Ukrainaga ko‘proq qurol yetkazib berishni va’da qildi – OAV
16:15 / 06.12.2025
Mersga Kremldan "hujum": AQShning Ukraina bo‘yicha roli atrofida bahs kuchaymoqda
15:44 / 06.12.2025