Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda mustaqil OAV xodimlari besh yilga qamaldi
Qirg‘izistonda "Kloop" mustaqil nashrining sobiq xodimlari ommaviy tartibsizliklarda aybdor deb topildi. Ayblanuvchilar o‘z aybiga iqror bo‘lishga majburlanganini da’vo qilmoqda.
Foto: RFE / RL
Bishkek tuman sudi "Kloop" mustaqil axborot portalining sobiq xodimlarini besh yilga ozodlikdan mahrum etdi. Operatorlar Aleksandr Aleksandrov va Joomart Duulatovga nisbatan hukm 17 sentabr, chorshanba kuni e’lon qilindi. Ismlari oshkor etilmagan yana ikki buxgalter uch yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi (qamoq o‘rniga nazoratni nazarda tutuvchi jazo). To‘rt nafari ham ommaviy tartibsizliklarni qo‘zg‘atishda aybdor deb topildi.
Ayblov xulosasida aytilishicha, sudlanuvchilar YouTube'dagi Temirov Live kanali asoschisi, surishtiruvlar bilan shug‘ullanuvchi jurnalist Bolot Temirov bilan hamkorlikda yaratilgan materiallarni tarqatish va chop etishda ishtirok etgan. Ayblov tomoniga ko‘ra, qo‘shma tekshiruvlar “yolg‘on ma’lumotlar va mamlakat rahbariyatini asossiz tanqid qilish”dan iborat bo‘lib, “buzg‘unchi kuchlarni ommaviy tartibsizliklar uyushtirishga undash va hokimiyatni zo‘ravonlik yo‘li bilan egallashga ommaviy chaqiriq”ni maqsad qilgan.
"Kloop" o‘zining Telegram-kanalida ta’kidlaganidek, muhokama qilinayotgan videolar nashr tomonidan e’lon qilinmagan, unda na operatorlar, na buxgalterlar hech qanday tarzda ishtirok etmagan. Davlat ekspertlaridan biri Taalaybek Abdiqo‘zoyev sudda videolarni kim tayyorlaganini aniqlashning iloji yo‘qligini aytdi.
Mavzuga oid
19:21 / 21.03.2026
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lini 2030 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda
13:42 / 16.03.2026
Isroil raketa to‘suvchi vositalar tanqisligi haqidagi xabarlarni rad etdi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
20:33 / 13.03.2026