Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida muhandislik maktablari tashkil etiladi
O‘zbekiston prezidentining «Yangi avlod muhandislarini tayyorlash va muhandislik ta’limini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida «Yangi O‘zbekiston» universiteti hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tajribasi asosida muhandislik maktablari tashkil etiladi.
2026-2027 o‘quv yilidan boshlab:
➖ mazkur maktablarga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish boshlanadi hamda bir sinfda o‘quvchilar soni 24 nafar, umumiy cheklangan soni 240 nafar etib belgilanadi;
➖ birinchi o‘quv yilida 7-10-sinflarga, ikkinchi o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarining 6-sinf bitiruvchilari orasidan 7-sinfga qabul qilinadi;
➖ o‘quv jarayoni 5 yillik dastur asosida STEM modeli bo‘yicha tashkil etiladi hamda dastlabki 3 yilda fizika, matematika va xorijiy til fanlaridan, keyingi 2 yilda muhandislik fanlari bo‘yicha boshlang‘ich tayyorgarlikka e’tibor qaratiladi;
➖ muhandislik maktablarining 11-sinf o‘quvchilari uchun ikki oylik majburiy ishlab chiqarish amaliyoti (stajirovka) joriy etiladi;
➖ muhandislik maktablarida o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha akademik direktor lavozimi joriy etiladi.
2026 yil 1 yanvardan boshlab:
➖ har yili umumta’lim maktablari o‘rtasida prezident sovrini uchun «Ilg‘or muhandislik maktabi» milliy tanlovi o‘tkaziladi;
➖ tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari uchun xorijiy davlatlarga ta’lim sayohati tashkil etiladi;
➖ tanlovning respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan maktabga muhandislikka oid laboratoriyalar jamlanmasini o‘z ichiga olgan Innovatsion texnopark tashkil etish uchun 1 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.
Mavzuga oid
07:58 / 06.05.2026
Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat «aqlli» kameralar orqali nazorat qilinadi
11:37 / 28.04.2026
“Endi piyoda borishmaydi” - chekka joylardagi maktablarga avtobuslar topshirildi
10:06 / 25.04.2026
Dunyo bo‘ylab maktablarda telefon cheklovlari keskin oshdi
20:36 / 22.04.2026