Toşkentdagi ayrim maktablarda davomatni «aqlli» kameralar orqali nazorat qiliş boşlandi. Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar köpaygaç, tartib amalda qanday yölga qöyilgani haqida ma’lumot berdi.

Qayd qilinişiça, öquvçilar davomati har kuni sinf rahbarlari va fan öqituvçilari tomonidan «e-maktab» platformasi orqali belgilab boriladi.

Şuningdek, sababsiz dars qoldirgan öquvçilar böyiça maktabda faoliyat yurituvçi inspektor-psixolog tomonidan ota-onalarga rasmiy ogohlantiriş xati yuboriladi. Unda farzandning darsga muntazam qatnaşini ta’minlaş talab qilinadi va bu majburiyat bajarilmasa, qonuniy javobgarlik yuzaga kelişi mumkinligi bildiriladi.

Vazirlikka köra, öquvçilarning darsga muntazam qatnaşmasligi holatlari aniqlanganda, ota-onalar Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasiga asosan javobgarlikka tortilişi mumkin.

Ma’lum qilinişiça, poytaxtning Mirzo Uluğbek tumanidagi ayrim maktablarda sinov tariqasida örnatilayotgan «aqlli» kameralar davomatni nazorat qiliş jarayonini samarali taşkil etişda qöşimça vosita sifatida qöllanilmoqda.

Bu tizim maktab ma’muriyatiga öquvçilarning darslarda iştirokini kuzatiş imkonini berişi, şuningdek, ota-onalarga farzandlarining maktabdagi holatini onlayn nazorat qiliş va xavfsizligini ta’minlaşda yordam berişi ta’kidlangan.