Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Si Rossiya va Ukraina mojarosini to‘xtatishni muhokama qildi
AQSh prezidenti va Xitoy yetakchisi so‘nggi uch oy ichida ilk bor telefon orqali muloqot qildi. Ular Rossiya va Ukraina mojarosini to‘xtatish, bo‘lajak uchrashuv va savdo muzokaralarini muhokama qildi.
Foto: Getty images
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy raisi Si Jinping bilan so‘nggi uch oydagi ilk telefon muloqoti natijalari haqida gapirdi. Ular Rossiya-Ukraina harbiy mojarosini hal qilish, TikTok ijtimoiy tarmog‘i bo‘yicha kelishuv va Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni muhokama qildi.
«Biz ko‘plab muhim masalalar, jumladan, savdo, fentanil muammosi, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushga chek qo‘yish zarurati, shuningdek, TikTok bitimini ma’qullash bo‘yicha oldinga siljishga erishdik», deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Oq uy rahbari so‘zlariga ko‘ra, yetakchilar 31 oktyabrdan 1 noyabrgacha bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida uchrashishga kelishib olgan. Amerika prezidenti, shuningdek, kelasi yil boshida Xitoyga shaxsan tashrif buyurish rejalari haqida gapirdi, «rais Si esa, o‘z navbatida, qulay vaqtda AQShga keladi». «Suhbat juda yaxshi o‘tdi, biz telefon orqali muloqotni davom ettiramiz», deb qo‘shimcha qildi u.
Tramp va Si oxirgi marta 5 iyun kuni qo‘ng‘iroqlashgan. Bu ularning AQSh savdo bojlarini joriy etishga qaror qilganidan keyingi birinchi suhbati edi. Bugungi muloqotlar yakuniga ko‘ra, Xitoy rahbari Pekin va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar juda muhim ekani, har ikki davlat umumiy farovonlikka intilishi, o‘zi va butun dunyoga foyda keltirishi mumkinligini aytdi.
«Ikkala tomon ham munosabatlardagi ba’zi masalalarni to‘g‘ri hal qilishda davom etishi va o‘zaro manfaatli natijaga erishishga intilishi mumkin», dedi Si.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40