Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning «pand bergani» haqidagi so‘zlariga Putinning munosabati ma’lum qilindi
Rossiya prezidentining vakili Dmitriy Peskov AQSh yetakchisini bu mavzuga «yetarlicha hissiy yondashayotganini» aytdi.
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaroni hal etish uchun harakat qilmoqda, shuning uchun bu mavzuni muhokama qilishdagi hissiyotlari tushunarli. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Jurnalistlar undan Vladimir Putin Amerika prezidentining uni «pand bergani» haqidagi ayblovlariga qanday munosabatda bo‘lganini so‘radi.
«Biz Qo‘shma Shtatlar va shaxsan prezident Tramp o‘z siyosiy irodasini saqlab qolishidan kelib chiqamiz. Prezident Tramp, aytaylik, bu mavzuga yetarlicha hissiy yondashyapti, bu mutlaqo tushunarli», dedi Peskov.
Kreml vakilining ta’kidlashicha, Vladimir Putin hamon Ukrainadagi urushni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga sodiq va buning uchun ko‘p ishlar qilmoqda. Ammo «Kiyev rejimi bor, Yevropa davlatlari bor» va ular «qarama-qarshilik yo‘lidan davom etishni» xohlayapti.
AQSh prezidenti Donald Tramp 18 sentabr kuni Putin bilan munosabatlari tufayli Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni osonroq hal qilish mumkin, deb o‘ylagani, ammo rossiyalik hamkasbi «pand bergani» haqida gapirgan edi.
Mavzuga oid
23:35 / 14.02.2026
“Trampdan 2028-yilda aniq qutulamiz” – Myunxenda AQShning siyosati keskin tanqid qilindi
15:28 / 14.02.2026
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
12:44 / 14.02.2026
AQSh sobiq elchisi Medinskiyning muzokaralarga qaytishidan norozi
10:47 / 14.02.2026