Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Polsha Rossiyaning yirik hujumlari qarshisida himoyasiz
Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning yirik hujumi sodir bo‘lsa, Polsha o‘z aholisini to‘liq himoya qila olmaydi. Urush tajribasiga ega Ukraina Yevropaga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berishi mumkin, deydi Ukraina prezidenti.
Foto: AP
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa hozirda Rossiya bilan urushga tayyor emas. U bunga dalil sifatida yaqinda Rossiya dronlarining Polsha havo hududiga bostirib kirganini keltirdi. “Agar katta hujum sodir bo‘lsa, ular (polyaklar) o‘z aholisini himoya qila olmaydi”, dedi Zelenskiy Britaniyaning Sky News telekanaliga bergan intervyusida.
Ukraina rahbari Polshadagi hodisani Ukraina kuchlari Rossiya tomonidan uchirilgan 800 ta havo obektidan 700 dan ortig‘ini qaytargan Rossiyaning so‘nggi eng yirik hujumi bilan qiyosladi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, aksincha, Polsha o‘z havo bo‘shlig‘iga kirgan 19 ta drondan faqat to‘rttasini urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan va polyaklar hattoki qanotli yoki ballistik raketalarni qaytarishga majbur bo‘lmagan.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, bu Varshavaga yuborilgan xabar emas: "Ular urush holatida emas, shuning uchun bunday narsalarga tayyor emasligi aniq". Shu bilan birga, Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina o‘zining jangovar tajribasi bilan polyaklar va umuman yevropaliklarga mudofaa texnologiyalarini rivojlantirish va askarlarni tayyorlashda yordam bera oladi. Biroq, bu ishlanmalarni amalga oshirish uchun Kiyevga pul kerak, dedi Ukraina prezidenti.
Mavzuga oid
16:46 / 11.12.2025
Zelenskiy ofisi rahbarligiga 5 nomzod. Bu haqida nimalar ma’lum?
15:31 / 11.12.2025
Polsha dron texnologiyalari evaziga Kiyevga MiG-29 samolyotlarini berish niyatida
13:53 / 11.12.2025
Polshadagi NATO havo himoyasi missiyasi Niderlandiyaga topshirildi
13:05 / 10.12.2025