Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh chet ellik malakali ishchilar vizasi uchun 100 ming dollar to‘lov joriy etdi
Donald Tramp AQSh hukumati malakali chet ellik ishchilarga beriladigan H-1B vizalari uchun yiliga 100 ming dollarlik to‘lov joriy etishini aytdi. «Yoki bu shaxs kompaniya va Amerika uchun juda qimmatli bo‘ladi, yoki u ketadi va kompaniya amerikalikni yollaydi», deya yangi tartibni izohladi AQSh savdo vaziri Xovard Lutnik.
Foto: New York Times
19 sentabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp federal hukumat malakali chet ellik ishchilarga beriladigan vizalar uchun yiliga 100 ming dollarlik to‘lov joriy etishini aytdi. Bu AQShning H-1B deb ataluvchi vizalarni taqsimlash tartibidagi sezilarli o‘zgarish hisoblanadi.
New York Timesʼning yozishicha, ushbu qadamlar Tramp ma’muriyatining immigratsiyaning barcha shakllariga qarshi keng qamrovli kurashining navbatdagi harakatlari sifatida ko‘rildi. H-1B uchun yangi to‘lov huquqiy e’tirozlarga duch kelishi mumkin. Lekin agar kuchga kirsa, xalqaro malakali xodimlarni yollaydigan kompaniyalar ushbu vizada ishlayotgan har bir xodim uchun olti yilgacha yiliga 100 ming dollar to‘lashi kerak bo‘ladi. Bu to‘lov faqat yangi murojaatchilarga tatbiq etiladi, dedi Oq uy rasmiysi.
«Yoki bu shaxs kompaniya va Amerika uchun juda qimmatli bo‘ladi, yoki u ketadi va kompaniya amerikalikni yollaydi», dedi savdo vaziri Xovard Lutnik juma kuni Oq uy Oval ofisida imzolash marosimida. «Immigratsiyaning maqsadi — amerikaliklarni ishga olish va kelayotgan odamlar eng eng yuqori darajadagi bo‘lishini ta’minlashdir».
.@POTUS signs a Proclamation to restrict the entry of certain H-1B aliens into the U.S. as nonimmigrant workers, requiring a $100,000 payment to accompany or supplement H-1B petitions for new applications.
— Rapid Response 47 (@RapidResponse47) September 19, 2025
AMERICA FIRST! pic.twitter.com/AzAUJzXawV
U, shuningdek, «bu vizalarni bepul berib, odamlarning AQShga shunchaki kirib kelishiga chek qo‘ying», dedi.
Nashrning yozishicha, texnologiya, moliya, shifoxonalar va universitetlar ko‘plab ishchi o‘rinlarini to‘ldirishda H-1B vizalariga tayanadi. Yangi to‘lov ularning ishchi o‘rinlarini to‘ldirish imkoniyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu esa mamlakat ishchi kuchining tabiatini o‘zgartiradi.
Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oxirida Amazon H-1B vizasi asosida ishlayotgan 10 mingdan ortiq xodimga ega edi — bu boshqa istalgan kompaniyadan ancha ko‘p. Boshqa yirik foyda ko‘rgan kompaniyalar orasida Microsoft, Meta, Apple, Google, JPMorgan Chase, Walmart va Deloitte ham bor.
Tramp shu kuni narxi 1 million dollar bo‘lgan «oltin kartasi»ni ham taqdim qildi. Bu karta orqali jismoniy shaxslar va korporatsiyalar AQShda tezlashtirilgan rezidentlik huquqini olishlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:41
AQSh Suriyada IShID obektlariga zarba berdi
07:52
Pentagonning ichki hujjati: Xitoy AQSh dengiz ustunligiga qanday chaqiriq tashlamoqda?
13:32 / 19.12.2025
AQSh Tayvanga eng yirik qurol-yarog‘ paketi yetkazib berishni rejalashtirmoqda
10:53 / 19.12.2025