Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh sudi Trampning The New York Times'ga qarshi da’vosini vaqtinchalik rad etdi
Amerika prezidenti gazetadan «tuhmat» uchun 15 milliard dollar tovon puli talab qildi. Sudya shikoyatni juda uzun deb topdi va uni qisqartirish uchun Trampga 28 kun berdi.
19 sentabr, juma kuni Florida sudi AQSh prezidenti Donald Trampning The New York Times gazetasiga qarshi ko‘p milliard dollarlik da’vosini vaqtinchalik rad etdi. Sudya Stiven Merridey buni 85 sahifalik shikoyat juda uzun va protsessual talablarga javob bermasligi bilan izohladi.
Merridey da’vo arizasi «aniq, to‘g‘ridan to‘g‘ri va cheklangan» bo‘lishi kerakligini ta’kidladi va kelajakdagi hujjatni 40 sahifa bilan chekladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «shikoyat piar uchun megafon, ishtiyoqli nutqlar uchun tribuna yoki Hayd-parkdagi notiqlar burchagiga teng keladigan narsa emas».
Shu hafta boshida Oq uy rahbari The New York Times va uning bir qancha jurnalistlariga tuhmat yuzasidan da’vo arizasi berganini e’lon qildi. Uning ta’kidlashicha, nashr «qasddan va g‘arazli tarzda» uni 2024 yilgi saylovlar oldidan obro‘sizlantirishga uringan. Prezident yetkazilgan zararni 15 milliard dollarga baholadi.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026